Neftni tarkibi, fizikaviy va kimyoviy xossalari Neftni tavsifi Neft sarg'ish, ko'ng'ir, qoramtir rangli moysimon suyuqlik, zichligi 0,73 dan 0,95 gsm3 gacha - 20 da +20 0S gacha haroratda qotuvchi juda murakkab tarkibli turli uglevodorodlar va geteroatomli organik birikmalar aralashmasidan tarkib topgan moddalar. U yuqori koloriyali yoqilg'i (400 dan 4400 gacha kkg). Neftning kimyoviy tarkibi asosan quyidagi elementlardan tashkil topgan : S = 83-87 % N = 12-14 % S = 0,3-3 % O = 0,1-1,0 % N = 0,001-0,4 % Neftning kimyoviy tarkibi Neft tarkibida uch tipdagi suyuq va erigan holda qattiq uglevodorodlar mavjud: alkanli uglevodorodlar (asosan to'g'ri zanjirli, S-1 dan S-30 gacha) neftda to'yinmagan uglevodorodlar bo'lmaydi, turli uzunlikdagi yon zanjirlari bo'lgan siklopentan va siklogeksan hamda ularning hosilalari tipidagi monosiklik naftenlar va di-, tri hamda polisiklik polimetilenli uglevodorodlar, (shu jumladan, yon zanjiri bo'lganlari ham) aromatik uglevodorodlar, benzol va ularning gomologlari, naftalin, antratsen va uning gomologlari, naftearomatik gibrid uglevodorodlar va ularning hosilalari mavjud. Neftning sinflanishi Neft, tarkibida u yoki bu sinf moddalarning ko'pligiga qarab olti tipga bo'linadi. Metanli (yoki alkanli), Metanonaftenli, Naftenli, Metalonaftenoaromatik, Naftanoaromatik, Aromatik. Texnologik klassifikatsiya Neftning yoshi aromatikdan metanli uglevodorodlarga o'tgan sayin o'sib boradi. Texnologik klassifikatsiyaga binoan neft quyidagilarga bo'linadi. 0,5 % gacha oltingugurt saqlovchi - kam oltingugurtli 0,51 % dan 2 % gacha oltingugurt saqlovchi oltingugurtli, 2 % dan ortiq oltingugurt saqlovchi - ko'p oltingugurtli, 1,5 % gacha alkan saqlovchi kam alkanli 1,51 dan 6 % gacha alkan saqlovchi-alkanli, 6 % dan ko'proq alkan saqlovchi ko'p alkanli Neftning eng asosiy tabiiy zahiralari Neftning eng asosiy tabiiy zahiralari Amerika Qo'shma Shtatlarida, Janubiy Afrikaning shimoliy rayonlarida, O'rta Sharqda, ayniqsa, Iroq, Saudiya Arabistonida va Rossiyaning bir qator rayonlarida topilgan. Ozarbayjon, Shimoliy Kavkaz, Kaspiy bo'yi, Tatariston ASSR, Sibir va O'rta Osiyo Respublikalarida juda katta neft konlari joylashgan bo'lib, yer osti zahiralari va uni qayta ishlash jihatidan bu mamlakatlar dunyoda yetakchi o'rinlarni egallaydi. Neftning asosiy kimyoviy tarkibi Turli konlardan qazib chiqariladigan neftning kimyoviy tarkibi turlicha bo'ladi. Uning asosiy tarkibini metandan tortib to molekulasida 50 tagacha uglerod atomi bo'lgan juda murakkab uglevodorodlar tashkil etadi. siklopentan va siklogeksan hosilalari neftda ko'p uchraydi. Bazi neftlar, masalan Kaliforniya, Borneo oroli va Maykop neftlari aromatik uglevodorodlarga boyroq bo'ladi. Neftda oz miqdorda oltingugurt, azot va kislorod uchraydi. Neftning suyuq qismi qaynash haroratiga qarab fraksiyalarga ajratilgan Neft yo'ldosh gazlari Neftdan uchuvchan uglevodorodlar: metan, etan, propan va butan (yo'ldosh gaz) alohida ajratib olinadi va, asosan, yoqilg'i sifatida ishlatiladi. Bu aralashmani past haroratda fraksiyalab haydash yo'li bilan undan yuqoridagi moddalarni ayrim-ayrim ajratib ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.09 MB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.09 MB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: pptx