Neftning azot saqlovchi birikmalari

Neftning azot saqlovchi birikmalari

O'quvchilarga / Kimyo
Neftning azot saqlovchi birikmalari - rasmi

Material tavsifi

Neftning azot saqlovchi birikmalari Reja: Neftning neytral azot - organik birikmalari Neftning oltingugurt saqlovchi birikmalari Neftning oltingugurt bo'yicha tasniflanishi Kerosin va moy fraksiyalaridagi yuqori molekulyar oltingugurtli birikmalar Merkaptanlar Elementar oltingugurt, vodorod sulfid Sulfidlar Alifatik sulfidlar. Tiofenlar Disulfidlar Neftdagi sulfidlarning termokimyoviy o'zgarishlari, oksidlanishi Neftning kislorod saqlovchi birikmalari Neft kislotalari Fenollar Efirlar Neft tarkibida azot birikmalari kislorodli va oltingugurtli birikmalarga nisbatan anchagina kam miqdorda bo'lib, odatda 0,02 0,56% (massaviy) miqdorda bo'ladi. Ular boshqa geteroatomli birikmalar kabi fraksiyalarda notekis taqsimlangan bo'lib, ko'pincha ularning yarmidan ko'pi smola - asfalten qismida mavjud. Neftning azotli birikmalari o'zlarining kimyoviy xossalariga asosan azotli asoslarga va ajratish hamda identifikatsiya qilish og'ir muammo bo'lgan azot saqlovchi neytral birikmalarga bo'linadi. Azotli asos birikmalar kislotalar yordamida neft tarkibidan osongina ajratib olinadi. Neytral azot saqlovchi birikmalarni esa ajratib olish va ularni identifikatsiya qilish og'ir muammodir. Quyida eng ko'p o'rganilgan azotli asoslar haqida ma'lumot keltirilgan. Ko'rsatilgan azotli birikmalarning alkilli hosilalari (asosan metil- va etilli hosilalar), hamda ularning alisiklik va aromatikli (neytral) gomologlari bo'lishi mumkin: R - C N Nitrillar Ayrim neftlarda, hatto tiniq fraksiyalarda ham molekulasida azot va oltingugurt atomi bo'lgan tioxinolinlar yoki azot va kislorod atomi bo'lgan gidroksipiridin, gidroksixinolin birikmalar ham uchratiladi. Molekulasida indol- va karbazolxinolinlar - ikki azoti bo'lgan birikmalar ham aniqlangan. Neftning neytral azot - organik birikmalari Azot saqlovchi neytral birikmalar asosan pirrol, indol va karbazol hosilalari, hamda kislota amidlaridan iborat. Pirrolning alifatik qator hosilalari neftdan ajratib olinmagan, biroq, ularning mavjudligi haqida fikr - gumonlar ham yo'q emas. Pirrolning aromatik hosilalari bo'lmish indol, karbazol va ularning gomologlari topilgan va neftdan ajratib olingan. Masalan, AQSH neftlarida quyidagi birikmalar va ularning hosilalari borligi aniqlangan: Karbazol, benzokarbazol hosilalarining miqdori yuqori qaynaydigan fraksiyalar (450-5400C) da ortib borib, azotli birikmalarning asosiy qismini tashkil qiladi. Undan tashqari, og'ir neft qoldiqlarida porfirinlar (metin ko'prigi orqali bog'langan 4 pirrol halqasi) va kislota amidlari mavjuddir. Benzin fraksiyalarida azot amalda aniqlanmaydi. Azotli birikmalar azotli asoslarining ko'pchilik qismi dizel va keng gazoyl fraksiyalarida yig'ilgan. Azotli birikmalarning asosiy massasi 500C gacha haydaluvchi fraksiyadan so'ng qolgan qoldiqda kuzatilib, asosan karbazol va pirrol hosilalaridan, ya'ni, neytral azotli birikmalardan iborat bo'ladi. Azotli asoslarga esa qoldiqdagi azotning 13 qismi to'g'ri keladi. Neftning oltingugurt saqlovchi birikmalari Hozirda neft zaxiralarining dunyo bo'yicha ko'pchilik qismi oltingugurtli yoki yuqori oltingugurtli hisoblanadi. Ushbu neftlarni qayta ishlash va neft mahsulotlarini yoqilg'i sifatida ishlatish qo'shimcha xarajatlar bilan bog'liq. Benzin tarkibida oltingugurt miqdorining 0,033% dan 0,15% (massaviy) ga ko'tarilishi motorlar quvvatini 10,5% ga pasaytiradi, yoqilg'i sarfini 12% ga, dvigatellarning kapital ta'mirlanishini 2 martaga, o'rtacha ta'mirlash ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.56 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.56 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga