Neftning smolali - asfaltenli moddalari Reja: Asfaltenlar Neytral smolalar Neftni eng yuqori molekulyar geteroorganik moddalari tarkibiga bir vaqtda kirgan uglerod, vodorod, kislorod, oltingugurt va ko'pincha azot, metallar smolasimon - asfaltenli moddalar deyiladi. Ularning uchuvchanligi yuqori emas. Shu bois neft haydalganda ular asosan qoldiq neft mahsulotlarida yig'ilib qoladi. Benzin distillati tarkibida bo'lmaydi. Fraksiyaning qaynash chegarasi yuqori bo'lgani sari ular bilan shuncha ko'p smolalar haydalib o'tadi. Biroq ularning ulushi neftning umumiy miqdoriga nisbatan 15 % dan oshmaydi. Smolasimon moddalar termik va kimyoviy beqaror bo'lib, ular nisbatan oson oksidlanadi, kondensirlanadi. Qizdirilganda esa parchalanadi. Olimlarning fikricha smolalar - neftning oltingugurtli va azotli birikmalari parchalanganda hosil bo'ladigan bo'lakchalardir. Ularni individual komponentlarga ajratish hozircha butunlay bajarib bo'lmaydigan vazifadir. Kimyoviy belgilari (xususiyatlari) bo'yicha smolalar massasidan faqat bir oz asfaltogen kislotalar deb nomlanuvchi normal xususiyatga ega bo'lgan moddalarni ajratib olish mumkin. Tabiiy asfaltlarda ularning miqdori 6-7% ga yetadi. Tashqi ko'rinishi bo'yicha ushbu smolalar qovushqoq va qoramtir rangga ega. Ular spirt, benzol va xloroformda eriydi. Asfaltogen kislotalar juda kam o'rganilgan. Ular ishqor bilan reaksiyaga kirishadi. Biroq ko'pchilik xossalari bo'yicha naften kislotalardan farqlanadilar. Ularning zichligi birdan yuqori. Karboqsil guruhi bilan bir qatorda ularning molekulasida gidroqsil guruhlari ham borligi ehtimoldan holi emas. 1200C gacha qizdirilganda ular angidridga o'tib, so'ngra esa ishqorlar bilan reaksiyaga kirisha olmaydigan smolasimon moddalarga aylanadi. Neytral smolalar Neytral smolasimon moddalar klassifikatsiyasi asosiga ularning turli erituvchilarga nisbatan munosabati olingan. Bunday xususiyat bo'yicha ushbu moddalar quyidagi guruhlarga ajratilgan: 1-guruh: Neytral smolalar - yengil benzin (petrolein efiri), pentan, geksanda eriydi. 2-guruh: Asfaltenlar - petrolein efirida erimaydi, biroq, qaynoq benzolda eriydi. 3-guruh: Karbenlar - faqat piridin va CS2 da qisman eriydi. 4-guruh: Karboidlar - amalda hech narsada erimaydigan moddalar. Hamma geteroorganik yuqori molekulyar moddalarning asosiy qismi neytral smolalarga mansubdir. Neytral smolalarga nisbatan asfaltenlar neftda anchagina kamroqdir. Karbenlar va karboidlar ham neftda deyarli yo'q. Ular neft fraksiyalarini termokatalitik qayta ishlashda hosil bo'ladigan qoldiq mahsulotlarni xarakterlaydi. Turli neftlardagi smolasimon - asfaltenli moddalarning umumiy miqdori keng oraliqda, 1-2 dan 40-45% gacha o'zgarib turadi. Dunyo bo'yicha neftni qazib chiqarishda yuqori smolasimon neftlarning ulushi keskin o'sdi. 25-jadval Smola va asfaltenlarning ayrim neftlardagi miqdori Smolasimon asfalten moddalarni o'rganish va miqdoran aniqlashda birinchi navbatda asfaltenlar ajratiladi. Bunda yengil benzinda eritmadan ular cho'kmaga tushadilar. Neytral smolalarni ajratib olish uchun o'rganilayotgan namuna adsorbent (silikagel) bilan aralashtiriladi. Yuqoriroq sirt-aktiv modda sifatida smolalar adsorbent yuzasida boshqa komponentlarga nisbatan mustahkamroq ushlanib qoladi. Neytral smolalar - yengil benzin, neft moylari hamda benzol, efir va xloroformda yaxshi eriydi. Neft distillatlaridan ajratib olingan smolalar suyuq va yarim ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.67 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.67 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: doc