Ne'matjon Madixonov

Ne'matjon Madixonov

O'quvchilarga / Kimyo
Ne'matjon Madixonov - rasmi

Material tavsifi

Nematjon Madixonov Nematjon Madixonov 1939 yil 9mayda Andijon shahrida dunyoga keldi. U 1956 yilda Andijon shahridagi 29-o'rta maktabni tamomlab, shu yili Andijon Davlat pedagogika institutining kimyo-biologiya fakultetiga o'qishga kiradi. Instatutni tamomlab, Andijon shahridagi 27-o'rta maktabda kimyo- biologiya o'qituvchisi etib tayinlandi. 1961 - 1964 yillari armiya safida xizmat qildi. 1964 - 1965 yillari Andijon shahridagi 40 - o'rta maktabda kimyo - biologiya o'qituvchisi bo'lib ishladi. 1965 yilda Andijon Paxtachilik instituta «Umumiy kimyo» kafedrasiga assistentlikka taklif etildi. 1967 yili Toshkentdagi O'rta Osiyo neftni qayta ishlash ilmiy-tekshirish instituta (SredAzNIINP)ning aspirantura-siga o'qishga qabul qilinadi. 1971 yilda Uzbekistan FA o'simlik moddalari kimyosi institutining maxsus ilmiy kengashida akademik S.Yu.Yunusov raisligida ustozi Abduhamid G'ofurovich Maxsumov tavsiya etgan «Diatsetilen diefirlari asosida pirrol hosilalari sintezi» mavzusida izlanishlar olib borib, aspiranturani muddatida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan yakunladi. Ilmiy nomzodlik dissertatsiyasini o'z vaqtida yakunlashida o'sha davrdagi SredAzNIINP ning direktori, Respublika Fanlar akademiyasining akademigi, ajoyib iison, mehribon rahbar Abdulla Sultonovich Sultonovning salmoqli hissasi bordir. U kishi aspirantlarga otalarcha mehribonlik qilib, ularga barcha shart - sharoitlar yaratib bergan edi. Andijon Paxtachilik institutaga o'qituvchi bo'lib kaytgan yosh olim, talabalarga dare berish bilan birga, ilmiy ishlarini ham birga olib bordi. Ustozi Abduhamid G'ofurovichning katta ilmiy maktabida olgan bilimlari va u kishining doimo bergan begaraz maslahatlari, yo'l - yo'riqlari keyingi ilmiy izlanishlarning sermazmun, serqirra, sermahsul va dolzarb bo'lishida, shogirdlar etishtirishida o'zining ijobiy mevalarini berdi va natijada o'zi ham yosh izlatguvchilarga ilmiy mavzular tavsiya qilib, ustozi bilan birgalikda 1 nafar fan doktori va 4 nafar fan nomzodiga rahbarlik qildi. «Ustoz otangdek ulug» degan hikmat yana bir karra o'z tasdigini topdi. Bir necha yil olib borilgan ilmiy izlanishlarning natijasini 1992 yil Olma - ota shahrida Qozogiston FA Kimyo fanlari institutining ixtisoslashgan ilmiy kengashida «Arilpropargil efirlari va diariloksigeksadin asosida azot tutuvchi besh azoli geterosiklik birikmalar sintezi, ularning kimyoviy o'zgarishlari va biologik faolligi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va kimyo fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo'ldi. 1993 yili O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Nematjon Madixonovga «Umumiy kimyo» kafedrasi professori unvonini tasdiqladi. Professor Nematjon Madixonov o'z ilmiy yo'nalishini to'yinmagan atsetilen va diatsetilen hosilalari asosida tarkibida azot, kislorod va oltingugurt tutgan besh azoli geterohalqali birikmalar sintezi kimyoviy xossalari, ularning biologik faolligini o'rganish va moddalarning tarkibi asosida «tarkib -xossa» qonuniyatlarini ochishga bag'ishladi. Sintez qilingan moddalarning tarkibi va tuzilishini o'rganish ishlari O'zbekiston FA ning O'simlik moddalari kimyosi instituta, Umumiy va noorganik kimyo instituta. Yadro fizikasi instituta, Toshkent kibernetika ishlab chiqarish birlashmasi, O'zbekiston Milliy universiteti, Respublika Farmatsevtika instituta, Toshkent Kimyo-texnologiya instituti, Rossiya FA ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.65 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.65 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga