Niobiy - rasmi

Material tavsifi

MENDELEYEV DAVRIY JADVALI NEOBIY Niobiy (Niobium), Nb - Mendeleyev davriy sistemasining .U guruhiga man-sub kimyoviy element. Tartib raqami 41, at. m. 92,9064. Bitta tabiiy izotopi 93Nb bor. Niobiyning sun'iy radioaktiv izotoplaridan 95Nb(Tl2=35 kun) radioaktiv indikator sifatida ishlatiladi. Niobiyni ilk bor ingliz olimi Ch.Xatchet 1801 y.da kashf qilib, Kolumbii deb atagan; keyinchalik unga yunon af-sonasidagi qahramon bahodir Tantalning qizi ma'buda Niobeya nomi berilgan, chunki Niobiyning xossalari tantalga o'xshaydi. Metall holidagi sof Niobiy 1907 y.da olingan. Atom radiusi 0,145 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsiyey son keltirilgan) Nb2+ 0,085 nm (6), Nb3+0,086 nm (6), Nb4+ 0,082 nm (8), Nb5+ 0,062 nm (4), 0,078 nm (6), 0,083 nm (7), 0,088 nm (8). Oskidlanish darajasi +5, ba'zan +4, +3, +2 va +1. Niobiy Yer po'stining massa jihatidan 2-10^3% ini tashkil etadi. Minerallari siyrak uchraydi. Ular 2 guruhga bo'linadi: biri -tantalniobatlar, ya'ni tantalat va niobat kislotalarning tuzlari, ikkinchisi - titan-tantal-niobatlar, ya'ni tarkibida titan, tantal va Niobiy bo'lgan murakkab minerallar. Niobit (yoki kolumbit) nomli minerallar Fe(NbO,)2 birinchi guruhga mansub, uning tarkibida G'e(TaO3)2 oz miqdorda bo'ladi. L o parit Me(NbO3) +Me(TiO3) (bu yerda Me- Na, Sa, Se, Sr bo'lishi mumkin) ik-kinchi guruhga kiradi. Tabiatda Niobiy tantal, titan, nodir-yer elementlari, uran, toriy va sirkoniy bilan birga uchraydi. Niobit va loparitdan tashqari, piroxlor nomli mineral ham amaliy ahamiyatga ega. Niobiyning yirik konlari Afrikada, Kanada va Norvegiyada, Kola ya.o.da bor. Niobiy - kulrang metall, zichligi 8,57 gsm³; suyuklanish t-rasi 2477°, qaynash t-rasi 4760° atrofida. Niobiy korro-ziyaga chidamli, kimyoviy jihatdan juda barqaror element. Kislotalarda, hatto zar suvida ham erimaydi. Lekin suyuqlantirilgan ishqorlarda (havo kislo-rodi ishtirokida) eriydi; natijada niobatlar hosil bo'ladi. Ko'pchilik me-tallar bilan qotishmalar beradi. Nitrat kislota bilan ftorid kislota aralash-masida erib, kompleks ftoridlar hosil qiladi. Yuqori t-rada metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. 200° dan yuqorida havoda oksidlanib, Niobiy oksidlarini beradi. Niobiy monooksid, NbO kulrang yaltiroq kukun, suyuklanish t-rasi 1945°. N. (U1)-oksid, NbO2 - qora rangli kristall, suyuklanish t-rasi 1917°, zichligi 5,98 gsm³. Havoda qizdirilsa NbO5 ga aylanadi. N. (V)-oksid, NbOs rangsiz kristall, suyuklanish t-rasi 1510°, zichligi 4,55 gsm³. Niobiy po'latni mikrolegirlashda, korroziyaga chidamli, olovbardosh yuqori si-fatli po'lat olishda qo'llanadi. Niobiy - unsurlar davriy jadvalining 41 unsuri, metall. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.1 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.1 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga