Nitraria schoberi o'simligini alkaloid tarkibini tadqiq qilish

Nitraria schoberi o'simligini alkaloid tarkibini tadqiq qilish

O'quvchilarga / Kimyo
Nitraria schoberi o'simligini alkaloid tarkibini tadqiq qilish - rasmi

Material tavsifi

Mundarija KIRISh ……. I.BOB. ADABIYoTLAR ShARXI Nitraria schoberi ildizini o'rganilishiga oid adabiy ma'lumotlar……. 1. 2. O'simliklardan alkaloidlar ajratib olish usuli 1.3. Erkin asos holatda alkaloidlarni ekstraksiya qilish 1.4. Ekstraksion summa tarkibidan alkaloidlar summasini kislota - asosli ajratish usuli 1.5. Benzimidazol N-oksidlari 1.6.Imidazol N-oksidlarining fizik-kimyoviy xossalari II.BOB. OLINGAN NATIJALARNING UMUMLAShTIRILGAN MUHOKAMASI 2.1. Digidroshoberinning tuzilishi 2.2. Nitrabirin N-oksidining tuzilishi 2.3. N-Metilnitrarinning tuzilishi 2.4. N-Allilizonitrarinning tuzilishi Sh.BOB. TAJRIBA QISM 3.1. Umumiy ko'rsatmalar 3.2. Xromatografiya 3.3. Shober oqchangali alkaloidlar yig'indisining ekstraksiyasi 3.4. Individual alkaloidlarni ajratib olish 3.5. Digidroshoberinning ajratib olinishi 3.6. Nitrabirin N-oksidining ajratib olinishi 3.7. N-metilnitrarinni ajratib olinishi 3.8. N-allilizonitrarinni ajratib olinishi XULOSALAR ADABIYoTLAR Kirish Nitraria oilasiga kiradigan o'simliklar organlarini va ularning tarqalish areallariga qarab alkaloidlarning miqdori va tarkibi turlicha bo'lishi aniqlanadi. Olimlarning ko'p izlanishlari natijasida tabiiy sharoitda o'sadigan o'simlik tarkibida alkalloidlarning miqdori ko'p bo'lishi va fiziologik faolligi yuqori bo'lgan alkaloidlarning miqdori esa kam miqdorda bo'lishi aniqlangan. Fiziologik faolligi yuqori bo'lgan moddalar o'simliklar tarkibidan ajratib olinib, ularning tuzilishi va xossalarini o'rganish orqali inson hayoti uchun zarur dori darmon olish maqsadida o'rganiladi. Hozirgi paytda sintetik usulda olingan dori darmonlar inson organizmida qolib hujayra biosintez jarayonini buzadi. Bu narsani oldini olish maqsadida o'simliklardan ajratib olingan alkaloidlarni va ularning hosilalarini meditsinada qo'llash hozirgi vaqtda olimlar oldidagi asosiy muammolardan biridir. O'simliklardan olingan dorilar organizmda saqlanib qolmasdan malum bir funksiyani bajargandan so'ng chiqib ketadi. O'rta Osiyoda hozirgi vaqtda Nitraria oilasiga kiruvchi o'simliklardan 14 turi mavjud bo'lib, Qashqadaryo viloyatida 11 ta turi uchraydi[1]. O'rta Osiyoda uchraydigan 46 ta turi o'simliklardan hozirgacha akademik S.Yu.Yunusov yaratgan maktabda 158 ta yangi alkaloid ajratib olinib uning tuzilishi va xossalari o'rganilgan [2]. Hozirda o'simliklar tarkibini o'rganish uchun dunyo bo'yicha yangi usullar tadbiq etilmokda. Hozirgi paytda alkaloidlarni ajratishning yangi usullari va ularning tuzilishini o'rganishda zamonaviy fizik tadqiqot usullari HMBS va ROYS usullaridan foydalanib aniqlash yo'lga qo'yilmoqda. Ishning maqsadi. O'simliklar tarkibidagi alkaloidlarni o'rganish natijasiga ko'ra fiziologik xususiyati meditsinada dorivor preparatlar sifatida keng qo'llanilmoqda. Bizning maqsadimiz Qashqadaryo zonasida o'sadigan Nitraria schoberi ko'p yillik o'simlikni, ilmiy jihatdan tekshirishdir. Ajratib olingan alkaloidlarni tozaligini, stereoximiyasini, fiziologik aktivligini, farmakologik xususiyatlarini, ularning hosilalarini olish va moddalarning tuzilishini o'rganish maqsadida ilmiy ish olib borildi. Ilmiy yangilik. Nitraria schoberi Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tuman Hisor tog' tizmalari tabiiy sharoitda tarqalgan bo'lib, o'simlikni gullash davrida har xil organlaridagi alkaloidlar o'rganildi. Bitiruv malakaviy ish davomida 6 ta alkaloid, ajratib olinib 3 tasi aniqlangan va 3 tasi yangi alkaloidlar ekanligini aniqlandi. Ajratib olingan yangi alkaloidlarning tuzilishini o'rganish maqsadida sintezlar olib borildi va yangi alkaloidlarning har xil hosilalari sintezlandi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 518.01 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 518.01 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga