Nitraria Sibirica o'simligi yer ustki qismi alkaloidlarini tadqiq etish

Nitraria Sibirica o'simligi yer ustki qismi alkaloidlarini tadqiq etish

O'quvchilarga / Kimyo
Nitraria Sibirica o'simligi yer ustki qismi alkaloidlarini tadqiq etish - rasmi

Material tavsifi

Mundarija KIRISh ……. I.BOB. ADABIYoTLAR ShARXI 1.1. Aromatik azotli geterosikllarning N-oksidlari 1.2. Benzimidazol N-oksidlari 1.3.Imidazol N-oksidlarining fizik-kimyoviy xossalari 1.4. Imidazol va benzimidazol-N-oksidlarining reaksiyalari 1.5. Imidazol va benzimidazol N-oksidlarining amaliyotda qo'llanilishi 1.6. Imidazol alkaloidlari II.BOB. OLINGAN NATIJALARNING UMUMLAShTIRILGAN MUHOKAMASI 2.1.Nitraria sibirica o'simligi alkaloidlari 2.1.1. Digidroshoberinning tuzilishi 2.2. Nitrabirin N-oksidning tuzilishi 2.3. Nitraramidinning tuzilishi 2.4. Nitraraidinning tuzilishi 2.5.Sibiridinning tuzilishi 2.6. 1,2,3,4-tetragidro-(3-karbolin hosilalarning) Pikte-Shpengler metodi bo'yicha sintezi …… 2.7. Nitraria sibirica o'simligi alkaloidlarining II. BOB. TAJRIBA QISM XULOSALAR ADABIYoTLAR Kirish Quyi molekulali biologik faol birikmalar qatorida alkaloidlar muhim o'rinni egallaydi. Boshqa tabiiy birikmalar sinfidan farqli o'laroq bu guruh birikmalari tuzilishi jihatidan chegaralanmagan va asosiy azot atomi saqlashi bilan umumiylik kasb etadi. Bu esa,ko'p sonli va turli xil alkaloidlar va ularning organik kimyoga sezilarli ta'siri, shuningdek ularning amaliy va ilmiy tibbiyotda o'ziga xos ahamiyatli o'rin kasb etishdan iboratdir. Malumki, hozirda amaliy tibbiyotda ishlatiladigan preparatlarning ayrim qismi o'simliklardan olingan tabiiy birikmalar bo'lib, bu preparatlar sintez yo'li bilan olingan sintetik preparatlarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Ular inson organizmiga juda mayin ta'sir ko'rsatadi va qo'shimcha zararli xususiyatlarga ega bo'lmaydi. Shu jumladan, o'simliklardan ajratib olingan alkaloidlar ham kuchli biologik faol birikmalar bo'lib, ularning ko'pchiligi o'zlarining qimmatli, shifobahsh xususiyatlarga egaligi tufayli tibbiyot amaliyotida keng qo'llanilib kelinmoqda. Zygophyllaceae (juftyaproqlilar) oilasiga mansub, Nitraria (oqchangal) turkumi o'simliklari dunyo bo'yicha 11 ta turi malum bulsa, Markaziy Osiyo florasidagi shu turkum o'simlikning 3 ta turi akademik S. Yu. Yunusov nomidagi o'simlik moddalari kimyosi instituti alkaloidlar laboratoriyasida o'rganilgan. Shu paytgacha 3 ta tur o'simlikdan 60 dan oshiq alkaloidlar ajratib olingan. Bulardan 50 dan ortig'i yangi moddalar bo'lib, kimyoviy tuzilishi jihatidan 15 ta tipga mansubdir, bu esa alkaloidlar kimyosi va organik kimyoni boyitishda salmoqli hissa qo'shadi, shuningdek farmakologik jihatdan ham muhim ahamiyatga egadir. Shuni ham takidlab o'tish lozimki hozirda xorijiy mamlakatlarda Nitraria sibirica o'simligi akaloidlariga qiziqish ortib bormoqda. Yuqorida keltirilgan dalillar Nitraria sibirica o'simligi alkaloidlarini o'rganish hozirgi kunda dolzarb tadqiqotlardan biri ekanligini ko'rsatadi. Ilmiy tadqiqotning maqsadi. Nitraria Sibirica o'simligi yer ustki qismi alkaloidlarini tadqiq etish, jumladan: alkaloidlar yig'indisini bo'lishi va sof toza holdagi alkaloidlarni ajratish; malum tuzilishli moddalarni taqqoslash va yangi alkaloidlarni tuzilishini isbotlash; etarli miqdorda olingan moddalardan farmakologik sinovlarga berish. Ilmiy yangilik Nitraria sibirica o'simligi yer ustki qismi alkaloidlarini tadqiq etish natijasida 16 ta alkaloid ajratib olindi, shulardan, 2 ta alkaloid degidroshoberin va nitraramin N-oksidi bu tur o'simlikdan birinchi bor ajratib olinishi, ajratib olingan 5 ta yangi alkaloid tuzilishi spektr ma'lumotlari va kimyoviy o'zgarishlar asosida, shuningdek sibiridin molekulasining tuzilishi shu molekulani sintez qilish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 819.24 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 819.24 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga