Nitrat kislota

Nitrat kislota

O'quvchilarga / Kimyo
Nitrat kislota - rasmi

Material tavsifi

Nitrat kislota 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 47-mavzu Reja: 2 3 4 Nitrat kislota 1 Fizik xossalari Nitrat kislota tuzlari Kimyoviy xossalari. Molekular formulasi - HNO3. Azot atomining ikkinchi energetik qavatida (tashqi energetik qavati) d-energetik qavatcha yo'q. 2s2 energetik qavatchadagi juft elektron qo'zg'ala olmaydi. Azot beshinchi guruhda joylashgan element bo'lsa-da, V valentli bo'la olmaydi. Azotning yuqori valentligi IV. Nitrat kislota Olinishi. XX asr boshlariga qadar nitrat kislota konsentrlangan sulfat kislotani chili selitrasiga (NaNO3) ta'sir ettirib olingan. Hozirda bu usuldan laboratoriyada nitrat kislota olish uchun foydalaniladi: NaNO3 + H2SO4 = NaHSO4 + HNO3 Sanoatda nitrat kislota olish uchun ammiakdan foydalaniladi Fizik xossalari. Toza nitrat kislota rangsiz, o'tkir hidli suyuqlik, zichligi 1,5 gsm3. -41°Ñ da kristallanadi. Suvda yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalari Nitrat kislota bir negizli kuchli kislotadir. Suyultirilgan eritmalarda to'liq dissotsiatsiyalangan bo'ladi. 1 mol nitrat kislota bilan 3 mol xlorid kislota aralashmasi zar suvi deyiladi. Zar suvi juda kuchli oksidlovchi, u hatto juda passiv metallar - oltin va platinani ham erita oladi: Au + HNO3 + 3HCl = AuCl3 + NO + 2H2O 3Pt + 4HNO3 + 12HCl = 3PtCl4 + 4NO + 8H2O Nitrat kislota tuzlari Nitrat kislota tuzlari nitratlar deb ataladi. Nitratlar asosan metallarga, metallarning oksidlariga, ishqoriy metallarning va ishqoriy yer-metallarning karbonatli tuzlariga nitrat kislota ta'sir ettirib olinadi. Ammoniy nitrat esa ammiakga nitrat kislota ta'sir ettirib olinadi: NH3 + HNO3 = NH4NO3 Barcha nitratlar suvda yaxshi eriydi. Nitratlar qizdirilganda albatta parchalanadi. Metallarning faollik qatorida magniydan chapda joylashgan metallarning nitratlari nitrit va kislorod hosil qilib parchalanadi Nitrat kislota tuzlarini aniqlash uchun uning tarkibida nitrat ioni NO3 - borligini bilish kerak Buning uchun nitrat tuzi konsentrlangan sulfat kislota bilan qo'shib qizdiriladi va mis qo'shiladi Reaksiya natijasida qo'ng'ir gaz - NO2 hosil bo'lishi tekshirilayotgan tuz nitrat ekanligini bildiradi: 2NaNO3 + H2SO4 = Na2SO4 + 2HNO3 4HNO3 + Cu = Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O Nitratlardan asosan qishloq xo'jaligida mo'l hosil olish uchun mineral o'g'it sifatida foydalaniladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.76 MB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.76 MB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga