Nitrat kislotaning olinishi, xossalari va eng muhim birikmalari

Nitrat kislotaning olinishi, xossalari va eng muhim birikmalari

O'quvchilarga / Kimyo
Nitrat kislotaning olinishi, xossalari va eng muhim birikmalari - rasmi

Material tavsifi

Nitrat kislotaning olinishi, xossalari va eng muhim birikmalari Reja: 1)Nitrat kislotaning eng muhim xossalari 2)Nitrat kislotaning kimyoviy xossalari va tarqalishi. 3)Nitrat kislota ishlab chiqarishning nazariy asoslari 4)Nitrat kislot olish tarixi 5)Yuqori bosimda ishlovchi qurilmada nitrat kislota ishlab chiqarish 6)Konsentrlangan nitrat kislotaning to'g'ri sintezi 7)Qurama (Kombinatsiyalangan) usulda nitrat kislota ishlab chiqarish 8)Nitrat kislotaning tabiatda tarqalgan eng muhim birikmalari 9)Nitrat kislotaning xalq xo'jaligida ishlatilishi Xulosa. Xossalari. Kimyoviy toza, suvsiz 100 %li nitrat kislota,- rangsiz suyuqlik, o'tkir hidli, zichligi 1,52 gsm3, +82,60S da qaynaydi, 41,60Sda muzlaydi. Suv bilan har qanday nisbatlarda aralasha oladi. Suyultirilganda issiqlik chiqishi gidratlar hosil bo'lishidan dalolat beradi (HNO3·H2O, HNO3·2H2O). 68,4 %li nitrat kislotasi esa azeotrop aralashma bo'lib 121,90S da qaynaydi (65-rasm), bunda u suv bilan birga qo'shilib haydaladi. Nitrat islota issiqlik va yorug'lik ta'sirida parchalanadi. 4HNO3 = 2H2O + 4NO2+ O2 Ajralib chiqqan azot (IV) - oksidi kislotada erib, uni qo'ng'ir yoki qizil ( erigan NO2 ning miqdoriga qarab) rangga bo'yaydi. SHuningdek nitrat kislota kuchli oksidlovchidir. U oltin, platina, tantal, radiy, iridiydan boshqa barcha metallarni eritib tegishli nitratlar yoki oksidlarga aylantira oladi. Kontsentrlangan nitrat kislota ayrim metallarni passivlashtiradi. (U sovuq holda temirni passivlashtirishini Lomonov aniqlagan edi.) masalan, temir, xrom, alyuminiylar o'z yuzasini yupqa oksid parda hosil qilib, metalni nitrat kislotasining takror ta'siridan himoya qiladi. SHu xossasidan foydalanib, kontsentrlangan nitrat kislotasi po'lat va alyuminiy bochkalarda yoki rezervuarlarda tashiladi va shu xildagi idishlarda saqlanadi. NITRAT KISLATA ISHLAB CHIqARISHNING NAZARIY ASOSLARI. Ammiakdan nitrat kislata ishlab chiqarish yo'li uch bosqichdan iborat; 1.havo kislarodi bilan ammiakni oksidlash; 2.Azot(P)-oksidini azot (IV)-oksidigacha oksidlash va azot (IV)-oksidini dimerlash; 3. Azot (IV)-oksidi va azot qo'sh oksidini suv bilan adsorbtsiyalash bosqichlari. 1.havo kislarodi bilan ammiakni oksidlash.Ammiak kattalizator ishtirokida oksidlanganda sharoitga qarab reaksiyalar quyidagicha boradi: 4NH3+5O2=4NO+6H2O+ 907 kJ (a) 4NH3+4O2=2N2O+6H2O+1105 kj (b) 4NH3+3O2=2N2+6H2O+ 1269 kJ (v) 4NH3+6NO=5N2+6H2O+ 1810 kJ (g) Sanoatda amalda qo'llaniladigan eng aktiv va tanlab ta'sir etuvchi selektiv kattalizator, bu platina va uning paladdiy, rodiylar bilan qotishmasidir. Ular asosiy reaksiyani (a) tezlashtirib, qo'shimcha reaksiyalarga (b,v,g) ta'sir etmaydi. SHunda ykattalizator optimal sharoitda ammiakni kislorod bilan NO gacha oksidlanish darajasini amalda 98 %ga etkaziladi. Ammiakning palatinali kattalizatorlarda oksidlanish reaksiyasi hozirgacha ma'lum bo'lgan reaksiyalar orasida eng tez reaksiyasidir (0,001 dan 0,002 sekund). Agar gaz shundan ko'proq kattalizator bilan kontaktda bo'lsa ammiak yonadi yoki qo'shimcha reaksiyalar ketadi, NO ni miqdori keskin kamayadi. Platinali kattalizator diametri 0,06-0,09mm gacha bo'lgan ingichka simlardan to'qilgan to'r shaklida (1sm da 1024 ta teshigi bo'ladi) tayyorlanib, ularning bir nechtasi ustma-ust qo'yib setkalarning balandligi 60-150mm qalinlikda paketlar shaklida tayyorlanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 81.6 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 81.6 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga