Nitrobirikmalar. Olinishi va xossalari 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 32-mavzu Azotli organik birikmalar deb, molekulasida azot atomi bor bo'lgan organik moddalarga aytiladi. To'yingan yoki aromatik uglevodorod molekulasidan bitta yoki bir nechta vodorod atomini nitroguruh (NO2) bilan almashinishidan hosil bo'lgan organik birikmalarga nitrobirikmalar deyiladi Nomenklaturasi. Ratsional nomenklatura bo'yicha nitrobirikmalarni nomlaganda tegishli uglevodorod nomiga nitro so'zi qo'shib aytiladi. CH3 NO2 nitrometan CH3 CH2 NO2 nitroetan xalqaro (sistematik) nomenklaturaga ko'ra nitrobirikmalar nomlashda quyidagi qoida va ketma-ketlikka amal qilinadi: 1. Nitrogruppa asosiy uglerod zanjirida bo'lishi kerak. 2. Asosiy zanjirdagi uglerod atomlarini nitrogruppa yaqin tomondan raqamlab chiqiladi. 3. Yonaki zanjirdagi radikallar yoki nitroguruh nomi ularni asosiy zanjirdagi ular bog'langan uglerodni tartib raqami ko'rsatilgan holda alifbo tartibida aytib o'tiladi va ohirida asosiy zanjirni nomi aytiladi. Olinish usullari. Organik moddalarga nitrogruppani kiritish nitrolash deb aytiladi. 1. To'yingan uglevodorodlarni nitrolash. Buning uchun to'yingan uglevodorodlarga nitrat kislota ta'sir ettiriladi: CH4 + HONO2 CH3 NO2 + H2O metan nitrometan 2. Benzolga konsentrlangan nitrat kislota, (konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida) nitrobenzol olinadi. Fizik xossalari. Nitrobirikmalarning quyi molekulyar gomologlari qo'lansa hidli, rangsiz suyuqlik, efirda eriydi, spirt bilan yaxshi aralashadi. Nitrobirikmalarning bug'lari zaharlidir. Kimyoviy xossalari. Nitrobirikmalarning kimyoviy xossalari turlicha bo'lib, asosan, ularning molekulasidagi nitrogruppaga bog'liqdir. 1. Nitrobirikmalar qaytarilganda birlamchi aminlar hosil bo'ladi. CH3 NO2 + 3 H2 CH3 NH2 + 2 H2O nitrometan metilamin 2. Aromatik aminlar, mos ravishdagi aromatik nitrobirikmalarni qaytarish yo'li bilan olinadi: ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:03 ]
Arxiv ichida: pptx