Nodirbek Rustambekovich Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich Yusupbekov kimyoviy texnologiyalarning nazariy asoslari, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish hamda boshqarish sohasida atoqli olim, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, fan va texnika sohasida. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti lauriyati, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, texnika fanlari doktori, professor. N. Yusupbekov 1940 yil 7 yanvarda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tavallud topdi. Uning otasi - Yusupbekov Rustambek (Rustambek domla) 1907 yilda o'zbek tilini o'rganish uslubiyatini yaratgan hamda «ta'limi achval» alifbosi va «ta'limi soniy» o'qish kitoblarini yozgan pedagog. Onasi Yusupova Habiba - O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan o'qituvchi, kaxramon ona, 45 yil boshlang'ich sinf o'qituvchisi bo'lib ishlagan va o'sha davrdagi Lenin ordeniga sazovor bo'lgan birinchi o'zbek ayollaridandir. Turmush o'rtog'i Charos Yusupbekova Toshkent Davlat texnika universitetida «Umumiy kimyo» kafedrasi dotsenti lavozimida uzoq yillardan beri samarali faoliyat yuritib kelmokda. Ular bugungi kunda turli sohalarda o'z faoliyatlarini namunali olib borayotgan uch nafar farzandni tarbiyalab, voyaga etkazishdi. N.Yusupbekovning ilmiy, pedagogik, ishlab chiqarish va jamoatchilik faoliyati 1962 yilda o'zi tamomlagan Toshkent Politexnika institutidan boshlandi. Talabalik yillaridayoq uning o'ta tashkilotchilik va ilmiy qobiliyati namoyon bo'ldi. U talabalar ilmiy jamiyati ishlari va oliy o'quv yurtining jamoatchilik hayotida faol qatnashdi. 1961 - 1963 yillarda Toshkent Politexnika instituta talabalar kasaba uyushmasini boshqardi. 1962 yildan ToshPI «Fizikaviy kimyo» kafedrasining assistenta, 1963 yildan 1965 yilgacha esa «Kimyo texnologiyasining jarayonlari va apparatlari» kafedrasining aspiranta. 1966 yilning yanvarida texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qildi. U olib borgan tadqikot natijalari Respublikada yangi ilmiy yo'nalish shakllanishiga, avtomatik nazorat va texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalaridagi suyuq mahsulotlar sifati (qovushqoklik, zichlik va boshqa parametrlar) ni o'lchagichlarni o'rganish va yaratishga asos soldi. 1966 yilda N.Yusupbekov «Kimyo texnologiyasi jarayonlarini avtomatlashtirish va kompleks mexanizatsiyalashtirish» kafedrasining mudiri bo'ldi va 1967 yilda esa unga ushbu kafedraning dotsenti ilmiy unvoni berildi. 1970 yildan 1973 yilgacha bo'lgan davrda N.Yusupbekov O'zbekiston yosh olimlar uyushmasiga raislik qildi. Uning tashabbusi bilan yosh olimlar uchun mukofotlar tasis etilib, talabalar ilmiy jamiyatining ishi yangi sifat bosqichiga kutarildi va keng ko'lamdagi «Yoshlarning ilmiy-texnik ijodiyoti» harakatining yutuqlari yosh olimlar va mutaxassislarning turli xalqaro va Respublika mikyosidagi forumlari va anjumanlarida yuqori baholandi hamda xalq xo'jaligi yutuqlari ko'rgazmalarida namoyish etildi. 1971 yilda N.Yusupbekov texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya kildi. Doktorlik dissertatsiyasida kimyoviy texnologiyaning yangi ilmiy yo'nalishlaridan biri - kimyoviy kibernetikani rivojlantirdi va o'sha yillarda mamlakatimizning eng yosh texnika fanlari doktorlaridan biri bo'ldi. U aspirant va mustaqil tadqiqotchilar bilan sermahsul ish olib bordi va 1973 yilda unga «Kime texnologiyasi jarayonlari ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.85 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:03
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.85 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:03 ]
Arxiv ichida: docx