Nometall materiallar. Plastmassalar va rezina materiallar Reja: 1. Umumiy ma'lumotlar 2. Plastmassalar, ularning turlari, tarkibi, xossalari, ishlatilish sohalari; 3. Plastmassalardan buyumlar tayyorlash usullari; 4. Rezinalar, tarkibi, ishlatilish sohalari; 1.Umumiy ma'lumotlar Mavjud konstruksion materiallar zaxirasini osil qilish uchun ularni tejab ishlatish, yangi xom ashelarni izlab topish, amda ular asosida yangi, chidamli konstruksion materiallarni yaratish va ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. Ana shunday materiallar ichida eng mu imlari plastmassalar, rezinalar, tsellyuloza asosidagi materiallar, sopol va kompozitsion materiallardir. Metall, polimer va sopol asosidagi kompozitsion materiallar kelajakda texnikaning rivojlanishini belgilaydigan materiallardir. 2. Plastmassalar va ularning turlari organik polimer boglovchi moddalar asosida sun'iy ravishda tayyorlangan, muayyan aroratlarda va bosim ostida plastik xossalarga ega bo'ladigan materiallar plastmassalar deb ataladi. Polimerlar, odatda, bir necha mingdan tortib, to bir necha milliongacha atomdan iborat birikmalardir. Polimerlar tabiiy (natural kauchuklar, jun, ipak, tsellyuloza, oqsillar, tabiiy smolalar va b.), sun'iy (tabiiy polimerlar-ni qayta ishlash orqali olinadi) va sintetik (fenolformaldegidli va karbamidli smolalar, polietilen, polistirol, poliamidlar, epoksidli smolalar va b.) bo'ladi. Plastmassalarni tarkibiga ko'ra ikki guruhga ajratish mumkin: 1. Oddiy plastmassalar asosan, bir komponent-smoladan iborat bo'ladi (pleksiglas, polisterol va polietilen); 2. Murakkab plastmassalar- bir necha komponentdan iborat bo'lib, ularning ar biri malum vazifani bajaradi (fenoplastlar, ftoroplastlar, tekstolitlar, stekloplastliklar). Masalan, boglovchi moddalar (smolalar, bitumlar) plastmassa tarkibidagi ayrim zarrachalarni o'zaro bog'lashga xizmat qiladi. To'ldirgichlar (eoch, eoch uni, to'qima, chiqindi iplari, qog'oz,) plastmassalarning fizikaviy va kimeviy xossalarini yaxshilaydigan va narxini arzonlashtiradigan moddalardir. Plastifikatorlar (kamfora, kanakunjut moyi, dibutilftolat), asosan, plastmassalarning tarkibiy qismi bo'lib, ularning plastikligini oshiradi. Katalizatorlar (magneziy, urotropin, oxak) polimer materiallarning kotish jarayonini tezlashtiradi. Buyoklar plastmassa buyumlarga dekorativ tus berish uchun qo'llaniladi. Moylovchi moddalar (stearin) plastmassalarni presslashda massaning pressfforma devoriga epishib kolmasligini ta'minlash uchun xizmat qiladi. Plastmassalar harorat ta'sirida uzlarining fizikaviy -kimyoviy xossalarini o'zgartiradi. Ana shu xususiyatga ko'ra plastmassalar termoreaktiv va termoplastik turlariga bo'linadi. Termoreaktiv plastmassalar (tekstolit, asbotekstolit, getinaks, epoksplastlar, ) bir marta qizdirilib, bosim bilan ishlangandan keyin qayta suyuqlanmaydi. Termoplastik plastmassalarni (ftoroplast, organik shisha, tselluloid, viniplast, kapron, polietilen,) esa bir necha martalab qayta qizdirish va suyuq holda qayta ishlash mumkin. 3. Plastmassalardan buyumlar tayyorlash usullari Plastmassalardan, asosan, qoliplash, qo'yish, presslash, siqib chiqarish, payvandlash, elimlash usullarida buyumlar tayyorlanadi. Ularni metall kesuvchi dastgoxlarda osongina kesib ishlash, qirqish, frezalash, pardozlash, jilvirlash mumkin. Qoliplash orqali plastmassalardan murakkab shaklli katta buyumlar olinadi. Bu usulda buyumning modeli (qolipi) maydalab qirqilgan tola, epoksid smola va qotirgich aralashmasi bilan koplanadi. Buning uchun maxsus purkagich-pistoletdan foydalaniladi. Zaruriy materiallar suyuq olatda purkagichning aralashtirish kamerasiga beriladi, undan esa sikilgan avo bosimi ostida pistoletning soplosi orqali ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.33 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.33 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:03 ]
Arxiv ichida: doc