Noorganik birikmalarning asosiy sinflari

Noorganik birikmalarning asosiy sinflari

O'quvchilarga / Kimyo
Noorganik birikmalarning asosiy sinflari - rasmi

Material tavsifi

8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 2-mavzu Noorganik birikmalarning asosiy sinflari Reja: Oksidlar Asoslar Kislotalar Tuzlar Oksidlar Biri kislorod bo'lgan ikki elementdan tarkib topgan murakkab moddalar oksidlar deyiladi. Temir oksid (II) Xrom oksidi(II) Mis oksid (II) Qo'rg'oshin oksid (II) Oksidlar suv, asos va kislotalar bilan reaksiyaga kirishishiga qarab, bir nechta guruhga bo'linadi: 1. Asosli oksidlar: Na2O, BaO, CuO va hokazo. 2. Kislotali oksidlar: CO2, SO3, P2O5 va hokazo. 3. Amfoter oksidlar: ZnO, Al2O3, Sb2O3 va hokazo. 4. Betaraf oksidlar (yoki tuz hosil qilmaydigan): CO, NO, N2O va hokazo. 5. Peroksidlar: peroksidlarda kislorodning oksidlanish darajasi -1 ga va valentligi ikkiga teng bo'ladi - Na2O2 , H2O2 , BaO2 . Asoslar Metall atomi va bir yoki bir necha gidroksid guruh (OH)dan iborat bo'lgan murakkab moddalar asoslar deyiladi. Asoslar suvda erishi va erimasligiga qarab ikkiga bo'linadi. 1. Suvda eriydigan asoslar: NaOH, Ca(OH)2 , KOH, Ba(OH)2. 2. Suvda erimaydigan asoslar: Cu(OH)2 , Fe(OH)2 , Cr(OH)2 . Ham kislota, ham ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, tuz hosil qiladigan asoslar amfoter asoslar deyiladi. Zn(OH)2 , Al(OH)3 , Cr(OH)3 . Kislotalar Molekulasi tarkibida metallarga o'z o'rnini bera oladigan vodorod atomlari va kislota qoldig'idan tarkib topgan murakkab moddalar kislotalar deyiladi. Kislotalar molekulasi tarkibida kislorod atomining bo'lishi yoki bo'lmasligiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: b) kislorodsiz kislotalar: H2S, HBr, HI. kislorodli kislotalar: HNO3 , H2CO3 , H2SiO3; Kislotalar tarkibidagi metallga o'rnini beradigan vodorod atomlari soniga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi: Bir negizli kislotalar: HCl, HBr, HNO3. 2. Ikki negizli kislotalar: H2 SO4 , H2SO3 , H2S. 3. Uch negizli kislotalar: H3PO4. Tuzlar Molekulasi metall atomi va kislota qoldig'idan tashkil topgan murakkab moddalar tuzlar deyiladi. (Metall atomi o'rnida NH4+ ioni ham bo'lishi mumkin. Bunday tuzlar ammoniy tuzlari deyiladi). Tuzlar quyidagi guruhlarga bo'linadi: O'rta yoki normal tuzlar: NaCl, KCl, CaCl2, Ba(NO3)2, Al2 (SO4)3, FeSO4. 2. Nordon tuzlar: ikki yoki uch negizli (ko'p negizli) kislotalar nordon tuzlarni hosil qiladi. NaHCO3, Ca(HCO3)2, KHSO4, Ca(H2PO4)2. 3. Asosli yoki gidroksid tuzlar: (CuOH)2CO3, Ca(OH)Cl, Mg(OH) NO3, Al(OH)2Cl. 4. Qo'shaloq tuzlar (qo'sh tuzlar): ikki xil metall va 1 ta kislota qoldig'idan tashkil topgan tuzlar. Bunday tuzlar ichida amaliy ahamiyatga ega bo'lganlari achchiqtoshlardir: KAl(SO4)2, NH4 Al(SO4)2. 5. Aralash tuzlar: bir xil metall va ikki xil kislota qoldig'idan hosil bo'lgan tuzlar aralash tuzlar deyiladi: CaClOCl (yoki CaOCl2). ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.06 MB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.06 MB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga