Noorganik birikmalarning asosiy sinflarini o'qitish metodikasi

Noorganik birikmalarning asosiy sinflarini o'qitish metodikasi

O'quvchilarga / Kimyo
Noorganik birikmalarning asosiy sinflarini o'qitish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Maktab kimyo kursida noorganik birikmalarning asosiy sinflarini o'qitish metodikasi MUNDARIJA KIRISH Mavzuning dolzarbligi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» asosida amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlarning birinchi va ikkinchi bosqichlarining vazifalari muvaffaqiyatli hal qilinib,uchinchi bosqichdagi o'zgarishlar davom etmoqda.Bu bosqichda o'quv-tarbiya ishlarini butunlay yangi asosda tashkil qilish,yuqori sifat ko'rsatgichga erishish talab qilinadi[1]. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida kimyo fani 7-sinfdan boshlab o'qitiladi.O'quvchilarda kimyo faniga bo'lgan qiziqishlrini shakllantirish va bilim berish davomida uni rivojlantirib borish darslarni uslubiy jihatdan to'g'ri tashkil etishni taqoza qiladi. Ma'lumki,maktab kimyo kursida «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzulari alohida o'rin tutadi. Kimyoni keyingi bosqichlarda chuqur o'rganish albatta,o'quvchilarning oksid,asos,kislota va tuzlar mavzularini qanday o'zlashtirganliklariga bo'g'liq bo'ladi. Shu sababdan ham «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzularini o'qitishda turli xil interfaol metodlardan,zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishni taqoza etadi. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi.Umumiy o'rta ta'lim maktablarida «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzularini o'qitish samaradorligini noan'anaviy va interfaol metodlarni qo'llash orqali oshirish. Tadqiqot vazifalari. -maktab kimyo kursida «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzularining o'rnini aniqlash; - «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzularini o'rganishda turli xil o'qitish metodlarining mohiyatini aniqlash; - «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzulari bo'yicha noan'anaviy va interfaol darslarning senariylarini ishlab chiqish; Himoyaga quyidagilar olib chiqiladi: -«Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzulari bo'yicha noan'anaviy darslarning senariylari; --«Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzulari bo'yicha interfaol darslarning senariylari; Ishning ilmiy yangiligi: Umumiy o'rta ta'lim maktablarida «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzularini o'qitishning o'ziga xos tomonlari,mavjud muammolar o'rganilib,ularni uslubiy jihatdan to'g'ri hal etishda noan'anaviy va interfaol darslarning senariylari ishlab chiqildi. Ishning amaliy ahamiyati: Ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar o'quvchilarning «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari»mavzularini chuqur o'zlashtirishlariga yordam beradi va ularning kimyo fanidan bilim olishga bo'lgan qiziqishini oshiradi.Bitiruv malakaviy ish materiallaridan maktab kimyo o'qituvchilari o'z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin. Bitiruv malakaviy ish kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidav tashkil topgan. Bitiruv malakaviy ishni yozishda 30 ta ilmiy va uslubiy adabiyotlardan foydalanilgan. 1-BOB. DARSLIK VA O'QUV ADABIYOTLARIDA ANORGANIK BIRIKMALAR ENG MUHIM SINIFLARINING YORITILISHI 1.1.Oksidlar Moddalarning klassifikatsiyalash ularni o'rganishni osonlashtiradi. Birikmalar sinflarining o'ziga xos xususiyatlarini bilgan holda ular alohida vakillarining xossalarini ta'riflab berish mumkin. Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari oksidlar, kislotalar, asoslar va tuzlardir. Biri kislorod bo'lgan ikki elementdan tarkib topgan murakkab moddalar oksidlar deyiladi. Deyarli barcha kimyoviy elementlar oksidlar hosil qiladi. Hozirgi vaqtga qadar uchta elementning - nodir gazlardan neon, geliy va argonning oksidlari hali olinmagan. Oksidlarning nomlanishi. xalqaro nomenklaturaga muvofiq oksidlarning nomi nisbiy elektromanfiyligi kamroq element nomi bilan nisbiy elektromanfiyligi katta element lotincha nomining o'zagiga id qo'shimchasini qo'shib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 169.29 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 169.29 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga