REJA Reaktivlardan foydalanish va ishlash qoidalari. Laboratoriyada ishlaganda rioya qilinadigan ehtiyot choralari. Laboratoriyada birinchi yordam kо'rsatish choralari. Noorganik kimyo laboratoriya xonasida ishlash xavfsizlik qoidalari. Birinchi tibbiy yordam ko'rsatish Reaktivlardan foydalanish va ishlash qoidalari Eritmalar va quruq reaktivlar jips berkitilgan shisha tiqinchi (shliflangan), rezena yoki yog'och probka bilan berkitilgan shisha idishlarda saqlanishi kerak. Reaktiv solingan har bir idishga reaktivning nomi, sifati (markasi) va konsentratsiyasi (eritmalar uchun) yozilgan etiketka yopishtirib qо'yilishi kerak. Reaktivlardan foydalanlganda quyidagi qoidalarga rioya kilish kerak.: 1. Reaktivlardan keragidan ortiq miqdorda sarflash yaramaydi. Bajariladigan tajriba uchun reaktivdan qancha olish kerakligi aytilmagan bо'lsa, ulardan mumkin qaday kamroq oling. 2. Ishlatilmay ortib qolgan reaktivni shu reaktiv olingan idishga qaytarib solmang, laborant kо'rsatgan boshqa idishga solib qо'yish kerak. 3. Tajriba о'tkazish reaktivdan kerakli miqdorda olingandan keyin berkitib, о'z joyiga qо'yish kerak. 4. Quruq reaktivlarni chinni yoki metall qoshiqchalarda yoxud shpatellar bilan oling. Ular har doim toza va quruq bо'lishi kerak. 5. Suyuq, reaktivni pipetka bilan olsangiz, pipetkani yuvmasdan unda yana boshqa idishdan reaktiv olmang. Umumiy foydalanish uchun qо'yilgan reaktivlarni har kim о'zi ishlatayotgan shpatel yoki pipetka bilan olishi yaramaydi. 6. Umumiy foydalanish uchun qо'yilgan asbob va reaktivlarni о'z ish joyingizga olib ketmang, aksincha ularning о'z joyini о'zgartirmang, chunki u boshqalar uchun ham kerak bо'ladi. Laboratoriyada ishlaganda rioya qilinadigan ehtiyot choralari Mashsulotning birinchi kunidanoq har bir talaba kimyo laboratoriyasida ishlashning xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqishlari zarur va laboratoriyadagi texnika xavfsizligi jurnalida bu narsa qayd qilinishi lozim. Har bir talaba, pala-partish ishlash, e'tiborsizlik, asboblarni, moddalarning xossalari va xavfsizlik texnikasi qoidalarini yaxshi bilmaslik baxtsiz hodisalarga sabab bо'lishi mumkinligini chuqur anglab olishlari lozim. Har bir ishni bajarishdan oldin, ishni bajarilish tartibi bilan yaxshilab tanishib olish va о'qutuvchidan ayrim ishni bajarishning xavfsizlik texnikasiga oid maslahatlar olishi lozim. Laboratoriyada ishlayotganda quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilish zarur: I. Zaharli va qо'lansa hidli moddalar bilan qilinadigan tajribalarning hammasini mо'rili shkafda о'tkazing. 2. Ajralib chiqayotgan gazni idishga yaqin ergashib hidlamang. Gazni hidlash zarur bо'lsa, ehtiyot bо'lib, havoni qо'lingiz bilan idish og'zidan о'zingiz tomon yelpib ma'lum masofada hidlang. 3. Konsentrlangan kislotalarni, ayniqsa sulfat kislotani suv bilan suyultirishda suvni kislotaga qо'ymay, kislotani suvga jildiratib aralashtirib turib qо'yish kerak. 4. Reaktivlarni quyishda ularni о'zingizga yoki kiyimingizga sachramasligi uchun hech vaqt idishning tepaga engashtirmang. 5. Suyuqlikni qizdirayotganda probirka og'zini о'zingizdan va yaqin turgan kishilardan chetga qaratib tuting. 6. Suyuqlikni qizdirayotganda idish ustiga ergashib qaramang, chunki suyuqlik qaynaganda sachrashi mumkin. 7. Ishlaganda reaktivlarning (ayniqsa kislota va ishqorlarning) yuzga, qо'l va ust-boshga tegmasligini doimo kuzatib boring. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
209.13 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:03
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
209.13 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:03 ]
Arxiv ichida: ppt