Nuklein kislotalar, oqsil sintezining stimulyator va ingibitorlari. Mutatsiya va uning turlari Reja: 1. Oqsil sinteziga ta'sir etuvchi preparatlar. 2. Genetik axborot ko'chirilishining buzilishi. 1. Oqsil sinteziga ta'sir etuvchi preparatlar. Oqsil sinteziga ta'sir etuvchi preparatlar amaliyotda keng qo'llaniladi. Induktorlar shikastlangan yoki uzoq vaqt harakatsizlik (atrofiya) tufayli kuchsizlangan organlarda oqsil sintezini oshirish uchun ishlatiladi. Induktorning bunday samarasi shikastlangan organ hujayrasining vazifasini tiklanishini yengillashtiradi. Oqsil sintezining ingibitorlari esa qarama-qarshi maqsadlarda, ya'ni hujayraning bo'linishi va o'sishini kamaytirish uchun ishlatiladi. Oqsil sintezini kuchaytiruvchi preparatlar. Bu guruh preparatlari oqsil sintezining induktorlari hisoblanadi va anabolik vositalar qatoriga kiritiladi. Anabolik vositalar gormon va gormon bo'lmagan guruhlarga bo'linadi. Gormon tabiatiga ega bo'lgan preparatlar guruhi ancha keng tarqalgan. Ularning orasida anabolik steroidlar (metandrostenolon, fenobolin va eng faoli retabolil)ning oqsil sintezining induktsiyasiga transkriptsiya darajasida ko'proq ta'sir etadi. Bu preparatlar erkaklar jinsiy gormoni androgenlarning hosilalari bo'lib, organizmda faqat oqsil sintezining stimulyatsiyasi maqsadida ishlatiladi. Insulin sezilarli darajadagi anabolik faollikka ega bo'lgan holda bu oqsil tabiatli gormon translyatsiya darajasida oqsil sintezini faollashtiradi. Amaliyotda keng qo'llaniladigan gormonsiz anabolik vositalarga nukleotidlarning o'tmishdoshlari va nuklein kislotalar kiradi. Masalan, kaliy orotat (orotat kislota pirimidinli nukleotidlar biosintezida asosiy birikma hisoblanadi), inozin yoki gipoksantinribozid. Bu preparatlarning anabolik ta'sir etish mexanizmi ularning faqat nuklein kislotalar sintezi uchun struktura materiali sifatida emas, balki asosan ular o'zlari yoki ular almashinuvining mahsulotlari oqsil sintezi induktorlari bo'lganligi bilan bog'liq. Balki, nukleotidlar va nuklein kislotalar almashinuvining boshqa oraliq mahsulotlari ham shunday usulda ta'sir etishi mumkin. Oqsil sintezining ingibitorlari - tibbiyot amaliyotida va bioximik tadqiqotlarda keng qo'llaniladigan preparatlar guruhi. Oqsil biosintezining hamma ingibitorlarini quyidagicha bo'lish mumkin: a) transkriptsiya; b) protsessing va RNK ning tashilishi; v) translyatsiya ingibitorlari. Lekin ayrim preparatlar genetik axborot ko'chirilishining barcha bosqichlarida ham ishtirok etishi mumkin. Transkriptsiya ingibitorlari ta'sir mexanizmi bo'yicha uch guruhga bo'linadi: DNKga bog'liq RNK polimeraza ingibitorlari, DNK matritsani blokirlovchilar va sintezlanadigan RNK axborotini buzuvchilar. Birinchi guruh preparatlari misolida mRNK transkriptsiyasi uchun javobgar RNK polimeraza II ni tanlab ingibirlovchi -amanitin; rRNK transkriptsiyasi uchun javobgar yadrochaning RNK-polimeraza I va teskari transkriptsiyasini blokirlovchi rifamitsin antibiotiklarini keltirish mumkin. -amanitin bioximik tadqiqotlarda, rifamitsinlar esa tibbiyot amaliyotida bakteriyalarga qarshi preparat sifatida ishlatiladi. Ikkinchi guruhga DNK matritsasi bilan kovalent bo'lmagan bog' bilan bog'lanuvchi va RNK-polimeraza ishiga xalal beruvchi moddalar kiradi. Masalan, aktinomitsin D bioximik tadqiqotlarda, shuningdek olivomitsin, daktinomitsin va o'simlik alkaloidlari vinblastin hamda vikaristin tibbiyotda shishga qarshi preparatlar sifatida foydalaniladi. 3-guruhga masalan, 5-ftorouratsilni kiritish mumkin, u mRNK ga tabiiy nukleotid o'rnida kiradi va sintezlanadigan RNK matritsasini yaroqsiz holatga olib keladi. Protsessing va mRNK tashilishining ingibitorlari. Oqsil sintezining bu ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.25 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.25 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:03 ]
Arxiv ichida: doc