Nuklein kislotalar. Tirik organizmlar, shu jumladan viruslar uchun ham nuklein kislotalarning ahamiyati juda katta. Ular irsiy belgilarni saqlash va nasldan-naslga o'tkazish, oqsillar biosintezi kabi muhim hayotiy jarayonlarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi. Nuklein kislotalar dastlab hujayra yadrosidan ajratib olinganligi sababli nuklein kislotalar (nukleus - yadro) deb atalgan. Hozirgi vaqtda nuklein kislotalar faqat yadroda emas, balki xloroplast va mitoxondriyda ham mavjudligi aniqlangan. Nuklein kislotalardan biri hisoblangan DNKning tuzilishini kashf etilishi biologiyaning yangi davrini boshlab berdi. Chunki bu kashfiyot tirik hujayralar binobarin, tirik organizmlar ham qanday qilib xuddi o'ziga o'xshash nasl qoldirishning sirlarini ochishga imkon yaratdi. Shu bilan birga u hayot faoliyatini qanday qilib boshqarish haqidagi axborotning ko'chirilishini ham ko'rsatib berdi. Nuklein kislotalarning monomerlari nukleotidlardir. Ulardan uzundan-uzoq polinukleotidlar hosil qilinadi. Nukleotidlar murakkab tuzilishga ega. Ularning tarkibida fosfor kislotasi, monosaxarid va azot asoslari bo'ladi, Ular bir-biridan azot asoslarining turiga qarab to'rtga ajratiladi. Bular adenin, guanin, sitozin, timin (urasil)dir. Nuklein kislota tarkibidagi monosaxarid ikki xil: riboza va dezoksiriboza dan iborat. Ribozaning molekulasida 5 ta uglerod atomi bo'ladi, glyukozada esa uglerod atomlarining soni 6 taga teng. Dezoksiriboza tarkibida bir atom kislorod yetishmasligi bilan ribozadan farq qiladi. Bu ikkala monosaxarid bir polenukleotidda va bir nuklein kislota tarkibida bir vaqtda hech qachon uchramaydi. Bir-biri bilan har doim faqat ribonukleotidlar yoki faqat dezoksiribonukleotidlar hosil qilib birlashadi. Shunday qilib, bu ikki xil monosaxarid ikki tipdagi polinukleotidni va shu tufayli ikki xil nuklein kislotani hosil qiladi. Bu ikki xil monosaxaridni boshlang'ich xarflari D va R bilan, nuklein kislota so'zlarini boshlang'ich xarflari NKni qo'shsak, bunda ikki xil turdagi nuklein kislotaning qisqartirilgan nomi DNK (dezoksiribonuklein kislota) va RNK (ribonuklein kislota) hosil bo'ladi. DNK molekulasida azot asoslaridan adenin, guanin, sitozin va timin uchraydi. DNK molekula massasi juda katta bo'lgan qo'sh zanjirli polimer birikma. Bitta molekula tarkibida haddan tashqari ko'p nukleotidlar bo'ladi .DNK molekulasida oqsil sintezi to'g'risida axborot joylashgan. Shu bilan birga DNK molekulasi ana shu axborotning nusxasini ko'paylirish xususiyatiga ega. Bu tirik organizmlar haqidagi irsiy axborotni aniq bolda nasldan naslga o'tkazish demakdir. DNK hujayra yadrosida, shuningdek mitoxondriy va xloroplastlarda bo'ladi. U xromosoma tarkibiga kirib, oqsillar bilan birikkan holda uchraydi. DNKning tuzilishini amerikalik biolog J. Uotson va angliyalik fizik otim F. Krik kashf etganlar. Ribonuklein kislotalarning tuzilishi DNKga o'xshash bo'ladi. Ularning tarkibiga azot asoslaridan adenin, guanin, sitozin va uratsil uchraydi. Asosiy farqi RNK bir zanjirli molekulalardan iborat. Molekulyar massasi ularning turiga qarab har-xil bo'ladi. Ular transport (t-RNK), informatsion (axborot) (i-RNK) va ribosomal (r-RNK)ga bo'linadi. Bunday nomlanish ular bajaradigan vazifalari bilan bog'liqdir. RNK ning barcha ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
4.57 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:03
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
4.57 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:03 ]
Arxiv ichida: ppt