Nusrat Agzamovich Parpiev Nusrat Agzamovich Parpiev 1931 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. O'rta maktabni bitirgach, 1948 yilda O'rta Osiyo Davlat universitetining (hozirgi Uzbekistan Milliy universiteti) kimyo fakultetiga o'qishga kirdi. Uni 1953 yilda bitirib, Moskva Davlat universiteti kimyo fakultetining aspiranturasida o'qib, 1958 yilda nomzodlik, 1974 yilda «Noorganik kimyo» mutaxassisligi bo'yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1984 yil sentyabr oyida Uzbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasining kimyo - texnologiya bo'limi bo'yicha muxbir azosi (akademik) qilib saylangan. N. Parpiev o'z ish faoliyatini Uzbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasining Kimyo (hozirgi Umumiy va noorganik kimyo) institutida boshlagan. Bu yerda u 18 yil davomida kichik, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri va ilmiy ishlar bo'yicha direktor muovini lavozimlarida ishlab kelgan. U akademiyada tadqiqotning fizik-kimyoviy uslublari laboratoriyasi va oralik metallarning koordinatsion birikmalari kimyosi bo'yicha ilmiy yo'nalishlarning tashabbuskori va tashkilotchisidir. 1976 - 1977 yillar davomida O'rta Osiyo neftni qayta ishlash sanoati ilmiy-tadqikrt instituti direktori, 1977 - 1989 yillarda Buxoro Oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti rektori bo'lib ishladi. N.Parpiev 1989 - 2010 yillarda O'zMU (ToshDU) Kimyo fakulteti «Noorganik kimyo» kafedrasining mudiri, 1992 yildan boshlab Toshkent Davlat universitetining birinchi prorekgori va 1994 - 2001 yillar davomida Toshkent Kimyo-texnologiya institutining rektori, 1994 - 200 yillar davomida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Prezidiumi azosi va kimyo-texnologiya bo'limi raisi lavozimlarida xizmat qildi. Akademik N.Parpiev noorganik kimyo sohasidagi dolzarb yo'nalish bo'lgan koordinatsion (kompleks) birikmalar kimyosi bo'yicha samarali mehnat qilayotgan yirik olimdir. U va uning rahbarligidagi jamoaning ilmiy yo'nalishi - yangi kompleks birikmalarni olish, fizikaviy va kimyoviy xossalarini o'rganish bilan birga zamonaviy eksperimental va hisoblash usullarini ko'llab sintez qilingan birikmalarni amaliyotga tatbiq qilish bilan bog'likdir. U shogirdlari bilan 100 dan ortiq yangi kompleks birikmalarni sintez kildi, 200 dan ortiq komplekslarning tuzilishi rentgenstrukturaviy tahlil orqali o'rganildi va tahlil natijalari kristallstrukturaviy natijalarning Kembrij bankiga joylashtirilgan. Qattiq va suyuq fazadagi kompleks hosil bo'lish jarayonlarining reaksiya mexanizmlari aniqlangan. N.Parpiev rahbarlik qilib kelayotgan koordinatsion birikmalar kimyosi ilmiy makgabida nafaqat fundamental masalalar, balki koordinatsion birikmalarni amaliyotda ko'llash sohalariga ham katta etibor berilib kelinmokda. Masalan, sintez qilingan qator koordinatsion birikmalar asosida metallarning miqdorini aniqlash, o'ta toza holdagi metall birikmalarini ajratib olish usullari aniklandi va ishlab chiqarishga joriy qilindi. Tarkibida oltingugurt va fosfor tutgan organik moddalarning rangli va qimmatbaho metallar bilan koordinatsion birikmalarini o'rganish asosida platina guruhi metallarini ekstraksiya usuli bilan ajratib olish mumkinligi aniqlandi. Koordinatsion birikmalarning biologik faol xossalarini o'rganish natijalari vanadil, kobalt va mis ionlarini aminokislotalar, amidlar va gidrazonlar bilan, birikmalarini kamqonlikda, vanadilni sarkolizin, glyutamin va kobalt. nikelni gidroksam kislotalari bilan, birikmalari esa saraton kasalligiga hamda mis ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.44 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:03
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.44 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:03 ]
Arxiv ichida: docx