O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Qarshi Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Loyiha mavzusi: NYeMATOD-96-preparatidan qishloq xo'jaligida foydalanish Muammoning dolzarbligi: Ilmiy adabiyotlarda ko'rsatilishicha hozirda Nematodlarning 24 mingdan ortiq turlari mavjud bo'lib, ular qishloq xo'jalik ekinlarining ildizlarini zararlaydi. Natijada o'simlik rivojlanmaydi, hosildorlik unumi pasayib ketadi. Nematodalar bilan kurashish uchun hozirda O'zbekistonda Geterofos, Karbation, Dazomet kabi nematatsid preparatlar qo'llaniladi va ular Rossiya va Ruminiya davlatlaridan valyutaga olib kelinadi. Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq, qishloq xo'jalik zararkunandalariga qarshi mahalliy va yuqori samaradorlikka ega arzon preparatlarni yaratish dolzarb masalalardan biridir. Shu tufayli oxirigi yillarda ilmiy jamoamiz tomonidan xinazolon va uning hosilalari asosida kobalt, mis va ruxning koordinatsion birikmalari sintez qilingan va O'zR FA Genetika institutining Ksenobiotiklarning biotransformatsiyasi laboratoriyasida hamda Rossiya Federatsiyasining Qrimdagi o'simliklarni kimyoviy himoya qilish ilmiy tekshirish institutida o'simliklarda uchraydigan 14 xil kasalliklarga sinab ko'rilgan. Olingan natijalar fungitsid, bakteritsid hamda nematoid kasalliklariga qarshi yuqori faolliklarni namoyon qilishini ko'rsatgan. Xususan, sintez qilingan moddalar ichida Nematod-96 deb nomlangan kobaltning xinazolonli birikmasi laboratoriya sharoitida geterofos preparati bilan solishtirib o'rganilganda, geterofos preparati 87% faollikni namoyon qilgan bo'lsa, Nematod-96 preparatining 0,001% eritmasi bug'doy zang kasalliklariga qarshi 80% va nematodlarga qarshi 100% faol ekanligi tasdiqlangan. Loyihaning maqsadi: Nematod-96 preparatini qishloq xo'jaligida o'simliklarni nematodlardan kimyoviy himoyalash maqsadida qo'llashdir. Loyihaning vazifalari: -Loyiha ishiga doir ilmiy metodologik ma'lumotlarni to'plash va ularni chuqur tahlil qilish; -Nematod-96 preparatini sintezlashning muqobil sharoitlarini hamda texnologik ketma-ketliklarini optimallashtirish; -Iqtisodiy jihatdan kam mablag' sarflab qishloq xo'jaligi uchun zarur, tannarxi arzon bo'lgan preparatni qo'llash (preparatni olishning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini aniqlashtirish) ; -Tadqiqot uchun olingan preparatning samaradorligini ilmiy nazariy jihatdan asoslash (preparatning qo'llanish samaradorligini va dozasini bevosita dala sharoitida baholash); - Qishloq xo'jaligining turli tarmoqlarida o'simliklarda, meva va sabzavodlarda uchraydigan har xil kasalliklarga hamda kasallikni keltirib chiqaruvchi hashoratlar va ularning lichinkalariga qarshi kurashda preparatni sinab ko'rish. Innovatsiya obyektining ilmiy-texnik saviyasi Ushbu preparat birinchi marta sintez qilingan bo'lib, uning biologik faolliklari o'simliklarda uchraydigan 14 xil kasalliklarga qarshi tekshirilgan. Nematod-96 preparatini qo'llashning bir qator afzalliklari mavjud: 1) Preparatga ishlatiladigan barcha reaktivlarning oson topiluvchanligi; 2) Ishlatiladigan reaktivlarning yarmisi mahalliy xom-ashyo asosida; 3) Preparatni olish texnologiyasi kichik ilmiy sig'imga ega; 4) Preparatni olish texnologiyasi uchun energiya sarf xarajatlarining pastligi; 5) Preparat xorijdan import qilinayotgan analoglarining o'rnini bosadi; 6) Preparatni kelajakda eksport qilish imkoniyati bor; 7) Preparatning o'zi va uni olinish texnologiyasi ekologik xavfsiz sanaladi. Innovatsiya obyektning ilmiy-texnik hujjatlari O'zR FA Genetika va o'simliklarni eksperimental biologiyasi institutining Ksenobiotiklarning biotransformatsiyasi laboratoriyasining dalolatnomasi; Qrim O'simliklarni kimyoviy vositalar bilan himoya qilish ilmiy tekshirish institutining dalolatnomasi; Preparatga tegishli intellektual mulk ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
4.12 MB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
4.12 MB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: ppt