Obid Sodiqovich Sodiqov

Obid Sodiqovich Sodiqov

O'quvchilarga / Kimyo
Obid Sodiqovich Sodiqov - rasmi

Material tavsifi

Obid Sodiqovich Sodiqov Obid Sodiqovich Sodiqov 1913 yilda Toshkentning kadimiy dahalaridan bo'lgan Sag'bonda etikdo'z oilasida dunyoga keldi. 1931 yilda maktabning ikkinchi bosqichini tugatab O'rta Osiyo Davlat universitetining tayyorlov fakulietiga o'qishga kiradi va 1933 yildan mehnat faoliyatini o'qish bilan boglagan holda universitet koshidagi ilmiy-tekshirish institutida laborant lavozimida ishlash bilan boshlaydi. Bu yillarda u organik kimyo kafedrasida professor I.P.Tsukervanik rahbarligida olib borilayotgan o'simliklardan olingan turli xil sinfdagi birikmalarning kompleks tadqikot ishlarida faol ishtirok etib keladi. O. Sodiqov hayotida bu davrlarda Moskvadagi Butunitgifoq kimyo-fizika ilmiy-tekshirish institutida shu davrning yetuk kimyogarlaridan hisoblangan professor A.P.Orexov rahbarligida salsolidinni optik antipodlarga ajratish bo'yicha olib borgan birinchi ilmiy ishlari alohida o'rin egallaydi. 1937 yilda u universitetning kimyo fakultetini imtiyozli tugatdi va organik kimyo kafedrasiga aspiranturaga kabul qilindi. Aspirantura davomida u Ammothamnus Lehmahi o'simligini kimyoviy tadkiq kildi va 1940 yilda olib borgan izlanishlari asosida nomzodlik himoyasini amalga oshirdi. Ykkinchi jahon urushi davrlarida O. Sodiqov 'choydan kofein va anabazin sulfatdan nikotin kislotasi olishning yangi usullarini ishlab chiqish muammolari bilan shug'ullandi. Bundan tashqari Anabasis aphylla o'simligini keng miqyosda o'rganadi va bu ishlar uning doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishiga (1945 yil) va keyinchalik «Ximiya alkaloidov A.aphylla» monografiyasining yozilishiga asos bo'ldi. Usha davr matbuotida bu yo'nalishdagi ishlarning dolzarbligi ko'rsatib o'tiladi va O.Sodiqov alkaloidlar kimyosi bo'yicha izlanishlar olib borayotgan yirik olimlar safiga kiradi. Alkalopdlarning tuzilishlari, ta'sir mexanizmi va turli xil o'zgarishlari bo'yicha olib borilgan keng mikyosdagi amaliy tadkiqotlar 1946 yilda kimyo fakulteti qoshida o'simliklar kimyosi (hozirgi tabiiy birikmalar kimyosi) kafedrasining tashkil etilishiga olib keladi. 1956 yilda o'simlik dunyosini yanada kengroq darajada o'rganish maqsadida kafedra qoshida muammolar laboratoriyasi tashkil etiladi. Bundan tashqari shu yillar ichida O'zbekiston Fanlar akademiyasi O'simlik moddalari kimyosi institutida olim tomonidan paxta o'simligini kompleks o'rganish maqsadida g'o'za kimyosi laboratoriyasi tashkil etiladi. O.Sodiqovning ilmiy va tashkilotchilik faoliyati peda-goglik faoliyati bilan chambarchas boglanib boradi. U bu yillar mobaynida Samarkand va Toshkent Davlat universitetlarida, Toshkent Farmatsevtika institutida organik kimyo, alkaloidlar kimyosi va tabiiy birikmalarning boshqa guruhdari haqida ma'ruzalar o'kiydi, aspirant, izlanuvchilar ishlariga rahbarlik qiladi, darsliklar yozadi. Akademiklar Sh.I.Solihov, O.S.Sodiqov, A.P Aleksandrov, E.Yu. Yusupov O'zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti ochilishi marosimida ( 1980 yil). O.Sodiqovning yorqin tashkilotchiligi, kelajakni ko'ra olish qobiliyati uning atrofida kimyogar - tabiiychilarning yig'ilishiga sabab bo'ladi, ularning olib borgan izlanishlari nafaqat bizning mamlakatimizda, balki chet ellarda ham malum bo'la boshlaydi. Olimning ilmiy, pedagogik, tashkilotchilik va jamoatchilik faoliyati keng ilmiy jamoatchilikda tai olinadi va u 1947 yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi va Fanlar akademiyasi prezidumining azosi etib saylanadi, 1950 yildan akademiyaning texnika va kimyo. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 41.02 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 41.02 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga