Oddiy efirlar. Olinishi va xossalari

Oddiy efirlar. Olinishi va xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
Oddiy efirlar. Olinishi va xossalari - rasmi

Material tavsifi

10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 27-mavzu Oddiy efirlar. Olinishi va xossalari Umumiy formulasi R-O-R' bo'lgan organik birikmalarga oddiy efirlar deyiladi. Oddiy efirlarga spirt gidroqsil guruhlarining vodorod atomi o'rniga radikal almashingan yoki suv molekulasidagi ikkita vodorod atomi o'rniga radikallar almashingan deb qarash ham mumkin. H - O - H R - O - R R - O - H R - O - R' Nomenklaturasi. Sistematik (xalqaro) nomenklatura bo'yicha oddiy efirlarning nomi katta radikalni to'yingan uglevodorod deb qaralib, uning nomi oldiga ikkinchi radikal (R O Alkoksigruppa) nomi qo'shiladi. Oddiy efirlar asosan ratsional nomeklaturaga muvofiq, radikallar nomiga efir so'zi qo'shib aytiladi. dimetil efiri dietil efiri Izomeriyasi. Oddiy efirlarda radikallarni turini o'zgarishiga ko'ra izomeriya kuzatiladi. Masalan: metilpropil efir, metilizopropil efir, dimetil efir Oddiy efirlar va bir atomli to'yingan spirtlarning empirik formulasi bilan bir xil, shuning uchun ularda sinflararo izomeriya kuzatiladi. Olinish usullari. Dietil efir etil spirtini sulfat kislota ishirokida qizdirilishi bilan olinadi. Sanoatda spirt bug'larini yuqori haroratda katalizator ustidan o'tkazib olinadi. CH3OH + CH3OH CH3 O CH3 + H2O Masalan: dimetil efir olish uchun metil spirt bug'i ustidan temperature ta'sirida Al2O3 o'tkaziladi. Fizik xossalari. Dimetil va etilmetil efirlar gaz, o'rta vakillari suyuqlik, yuqori molekulalari qattiq moddalardir. Kimyoviy xossalari. Efirlar oddiy sharoitda reaksiyaga kirishmaydigan barqaror moddalardir. Ular ishqor va suyultirilgan kislotalar ta'sirida o'zgarmaydi, shuning uchun ko'pgina kimyoviy reaksiyalarda erituvchi sifatida ishlatiladi. Oddiy efirlar konsentrlangan yodid kislota ta'sirida spirt va alkilgalogenidlarga parchalanadi. CH3 O CH3 + HI CH3 O H + CH3 I ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.7 MB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.7 MB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga