Mavzu: Oddiy efirlar Reja: Umumiy tasnif Nomlanishi va izomeriyasi Olinish usullari Fizik va kimyoviy xossalari Ishlatilishi va ayrim vakillari Oddiy efirlarni spirtlar molekulasidagi gidroqsil gruppa vodorodini uglevodorod radikaliga almashinishidan hosil bo'lgan moddalar deb qarash mumkin. Oddiy efirlarda ikkita bir valentli uglevodorod radikali kislorod atomi bilan bog'langan. Oddiy efirlarning umumiy formulasi R-O-R yoki R-O-R1 Ikkita bir xil uglevodorod radikalini tutgan oddiy efirlar simmetrik, ikki xil uglevodorod radikalini tutgan oddiy efirlar esa aralash oddiy efirlar deyiladi. Nomenklatura va izomeriyasi. Ratsional nomenklaturaga ko'ra oddiy efirlarning nomlari uglevodorod radikallari nomiga efir so'zini qo'shish orqali hosil qilinadi. Sistematik nomenklaturaga binoan oddiy efir, yani R1-O-R ni nomlash uchun R'-O radikalning nomiga R radikalga tegishli bo'lgan uglevodorodning nomi qo'shib aytiladi; SN3-O-SN3 -dimetil efir (metil efir) (R) - metoksimetan (S) SN3-O-SN2-SN3 -metiletil efir (R), -metoksietan (S) SN3 - SN2-O-SN2-SN3 -dietil efir yoki etil efir (R) etoksietan (S) SN3 -SN2 -O-SN-SN3 etilizopropil efir (R) - - | - SN3 2-etoksipropan (C) Oddiy efirlarda izomeriyaning ikki turi, yani uglerod zanjirining izomeriyasi va metameriya uchraydi. Empirik formulalari bir xil bo'lib, bir-biridan kislorod atomining «molekuladagi holati bilan farq qiladigan izomer efirlarga metamerlar deyiladi. Masalan, S5N12O tarkibli oddiy efir quyidagi metamerlar holatida uchrashi mumkin: Metomerlar SN3-O-SN3 - SN2-SN2-SN3 metilbutil efir SN3-SN2-O-SN2-SN2-SN3 etilpropil efir SN3- SN2-O - SN-SN3 | SN3 etilizopropil efir Olinish usullari. 1. Natriy alkogolyatni galoid alkillar bilan alkillash (Vilyamson usuli); R-O-Na+ + J-R' → R-O-R' + Na+ + J- Vilyamson reaksiyasi simmetrik va aralash oddiy efirlarni laboratoriyada olish usulidir 2.Sanoatda oddiy efirlar spirt bug'larini 250-300°S gacha qizdirilgan degidratlovchi katalizator (A1203) ustidan o'tkazish orqali olinadi, masalan: S2N5ON + NO - S2N5 → S2N5 - O - S2N5 + N2O 3.umumiy usul spirtlarga kontsentralangan sulfat kislota (suv tortib oluvchi katalizator) ta'sir ettirib oddiy efirlar olinadi Fizikaviy xossalari. Odatdagi sharoitda dimetil va metiletil efirlar gaz bo'lib, dietil efirdan boshlab o'ziga xos hidli, rangsiz suyuqliklardir. Oddiy efirlar suvda yomon, organik erituvchilarda esa yaxshi eriydi. Ularning solishtirma og'irligi birdan kichik. Oddiy efirlar ko'pgina organik moddalar uchun yaxshi erituvchi hisoblanadi. Molekulalari orasida vodorod bog'lar yo'qligi sababli oddiy efirlarning qaynash temperaturasi ularni hosil qilgan spirtlarnikidan va hatto molekulyar massasi teng bo'lgan spirtlarnikidan ham past. Masalan, metil spirt 64,7°S, etil spirt 78,3°S da qaynagani holda dimetil efir 24°S da qaynaydi Ximiyaviy xossalari. Oddiy efirlar reaksiyaga kirishish qobiliyati kam bo'lgan moddalardir. Oddiy efir bog'i (S-O- S) asoslar, oksidlovchilar va qaytaruvchilar ta'siriga chidamli bo'lganidan oddiy efirlar odatdagi sharoitda suyultirilgan mineral kislotalar, ishqorlar, natriy metali, RSl5 bilan reaksiyaga kirishmaydi, suv bilan gidrolizlanmaydi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
308.01 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
308.01 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: pptx