Oddiy va murakkab moddalar

Oddiy va murakkab moddalar

O'quvchilarga / Kimyo
Oddiy va murakkab moddalar - rasmi

Material tavsifi

7-sinf Kimyo darsligi asosida 7-mavzu Oddiy va murakkab moddalar Reja: Oddiy moddalar Murakkab moddalar Allotropiya hodisasi Moddalar oddiy (elementar) va murakkab moddalarga (birikmalarga) bo'linadi. Bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deb ataladi. Masalan: vodorod, kislorod, temir, oltingugurt. Turli element atomlaridan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deb ataladi. Masalan: suv, osh tuzi, shakar Bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo'lishi - allotropiya hodisasidir. Oddiy moddalar Vodorod Mis Rux Qo'rg'oshin Kislorod Xlor Uglerod Qalay Murakkab moddalar 1. Karbonat angidrid, suv - oksidlar 2. Natriy gidroksid - asoslar 3. Sulfat kislota - kislotalar 4. Osh tuzi, ohaktosh - tuzlar Mavjud 118 ta elementning har biri oddiy modda sifatida qabul qilinishi mumkin. Shu bilan birgalikda ularning ayrimlari bir nechtadan oddiy modda - allotropik shakl o'zgarishlarni hosil qilishi mumkin. Bunda oddiy modda tarkibidagi atomlar soni yoki bir-biri bilan o'zaro bog'lanish xususiyati bilan farqlanadi. Allotropiya hodisasi oddiy modda va element orasidagi farqni ko'rgazmali tarzda ko'rsatish imkonini yaratadi. Masalan, uglerod kimyoviy element, ya'ni bir turdagi atomlar uyushmasidir. Grafit va olmos uglerod elementining allotropik shakl o'zgarishlari bo'lib, ulardan birini ikkinchisiga aylantirish mumkin, bunday holda ular ning xossalari keskin o'zgaradi. Xossasi farq qilgani uchun ular turli modda sifatida qabul qilinishiga qaramasdan, tarkibiy asoslari bir xil - uglerod atomlaridir. Bir-biridan farq qiluvchi bu ikki oddiy modda bitta element atomlaridan iborat ekanligini ularning kislorodga munosabatidan bilish mumkin. Karbonat angidrid turli elementlar atomlaridan tuzilgan va shuning uchun murakkab moddalarga mansubdir. Murakkab moddalarning soni bir necha milliondan ortiqdir. Moddaning tarkibini tekshirish uchun amalga oshiriladigan parchalash jarayoni analiz deb ataladi. Modda hosil qilish jarayoni sintez deb ataladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.64 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.64 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga