Oksid, asos, kislota va tuzlar orasida o'zaro genetik bog'lanish

Oksid, asos, kislota va tuzlar orasida o'zaro genetik bog'lanish

O'quvchilarga / Kimyo
Oksid, asos, kislota va tuzlar orasida o'zaro genetik bog'lanish - rasmi

Material tavsifi

Oksid, asos, kislota va tuzlar orasida o'zаro genetik bog'lanish 7-sinf Kimyo darsligi asosida 51 - mavzu Reja: 2 3 4 Kimyoviy birikmalar sinflari 1 Anorganik moddalar Birikmalar va ularning o'zgarishlari Asoslardan Kimyoviy birikmalar sinflari orasida genetik bog'lanish mavjud. Oddiy moddalardan murakkab moddalarni olish mumkin: 4P + 5O2 = 2P2O5. Murakkab moddalardan oddiy moddalarni olish mumkin: 2HgO ® 2Hg + O2. Bir sinfga taalluqli moddalardan boshqa sinfga mansub moddalarni olish mumkin. Masalan, fosfor yonib, fosfor (V)-oksidini hosil qiladi, u esa suv bilan ta'sirlashib kislota hosil qiladi, undan tuz olish mumkin. Bu tuzdan yana boshqa tuzni ham hosil qilish mumkin: P®P2O5®H3PO4®Na3PO4®Ca3(PO4)2. Magniy yonishidan uning oksidi hosil bo'ladi, suv uni gidroksidga o'tkazishga yordam beradi, gidroksiddan esa tuz olish mumkin: Mg ® MgO ® Mg(OH)2 ® Mg3(PO4)2. Kalsiyning suv bilan ta'sirlashuvidan kalsiy gidroksid olish mumkin va uni CO2 bilan reaksiyaga kirishtirib, CaCO3 tuzi olinadi. Bu tuz qizdirilganda parchalanadi va karbonat angidrid, kalsiy oksid hosil qiladi. Ulardan yana kalsiy karbonat olish mumkin: Ca ® Ca(OH)2 ® CaCO3 ® CaO ® CaCO3. Ko'rinib turibdiki, genetik bog'lanish oddiy moddalar va anorganik moddalarning boshqa sinflari orasida mavjud ekan. Genetik bog'lanishni bilgan holda bir moddalardan boshqa moddalarni olish va yana ulardan dastlabki moddalarni olish mumkin ekan. Kislotalardan oksid va tuzlar yoki aksincha, oksid va tuzlardan kislotalar olish mumkin: Birikmalar va ularning o'zgarishlari orasidagi o'zaro bog'liqlik modda element tarkibining birligini tasdiqlaydi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.65 MB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.65 MB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga