Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari elektrokimyo asoslari

Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari elektrokimyo asoslari

O'quvchilarga / Kimyo
Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari elektrokimyo asoslari - rasmi

Material tavsifi

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari elektrokimyo asoslari Reja: 1. Oksidlanish va qaytarilish prosesslari 2. Oksidlanish darajasi 3. Asosiy oksidlovchi va qaytaruvchilar 4. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish usullari 5. Elektrod potensial haqida tushuncha. 6. Gazli elektrodlar. 7. Galvaniq elementlar nazariyasi. 8. Elektroliz. Anorganik ximiyadagi barcha reaksiyalarni ikki turga bo'lish mumkin; 1. Reaksiyaga kirishuvchi elementlarning oksidlanish darajasi uzgarmay koladigan reaksiyalar. 2. Oksidlanish darajasi o'zgarishi bilan boradigan reaksiyalar. Birinchi tur reaksiyalarga almashinish, parchalanish va birikish reaksiyalari misol bula oladi. Masalan: HCl + KOH =KCl + H2O CaCO3 CaO + CO2 SO3 + H2O = H2SO4. Bu misollarda xech qaysi elementning oksidlanish darajasi uzgarmaydi. Ikkinchi tur reaksiyalariga sikib chiqarish va boshqa reaksiyalar misol bo'ladi. Bunday reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyadari deyiladi. Ularda elektronlar bir atom yoki ionlardan ikkinchi atom yoki ionlarga o'tadi. Uziga elektron biriktirib olgan atom, ion, molekulalar oksidlovchi deb, elektron yukotadigan atom, ion, molekulalar qaytaruvchi deb ataladi. Elektron biriktirib olish prosessi-qaytarilish prosessi deb, elektron berish prosessi-oksidlanish prosessi deyiladi. Demak, oksidlovchi qaytariladi va qaytaruvchi oksidlanadi. Mg0 + CI 20 = Mg2+CI21- H20 + Cu2+O2- = H21+O2- +Cu0 Element atomi oksidlanganda uning oksidlanish darajasi ortadi, qaytarilganda esa oksidlanish darajasi pasayadi. Masalan, Sn2+-2e = Sn4+ prosessida kalayning oksiddanish darajasi +2 dan +4 gacha ortdi, Cr6+ +3e =Cr3+ prosessida xromning oksidlanish darajasi +6 dan +3 gacha kamayadi. Element atomi o'zining eng yuqori oksidlanish darajasida (masalan S6+, P5+, Cu2+, Mn7+ ionlarda) boshqa elektron yukota olmaydi va faqat oksidlovchi xossasini nomayon qiladi. Va aksincha, element atomi o'zining eng kichik oksidlanish darajasida o'ziga elektron kabul kila olmaydi va faqat qaytaruvchi (masalan, S2-, N3-, Cl-, P3-, J- ionlari) xossasini namoyon qiladi. Agar element atomi o'zining o'rtacha oksidlanish darajasiga ega bulsa, u eritmaning muhitiga qarab yo oksidlovchi yoki qaytaruvchi xossasini namoyon qiladi. qaytaruvchidan oksidlovchiga elektronlar utganda odatda reaksiyada ishtirok etayotgan elementning valentligi uzgaradi. Lekin oksiddanish-qaytarilish reaksiyalarida element valentligi uzgarmay qolishi mumkin. Masalan: 1. H20 + Cl20 = 2HCl 2. CH4 + 2O2 = CO2 + H2O Birinchi reaksiyada vodorod va xlorning valentligi reaksiyadan oldin xam keyin xam birga teng. Metanning yonish reaksiyasida uglerod, kislorod va vodorodlarning valentliklari o'zgarishsiz kolyapti. Lekin bu reaksiyalarda atomlarning holatdari uzgaradi. Demak, molekulada atom holatini valentlik tushunchasi tupik ifodalay olmaydi. Shuning uchun xam, oksidlanish-qaytarilish reaksiyadarida oksidlanish darajasi tushunchasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Valentlik kovalent bog'lanishda (musbat yoki manfiy) ishoraga ega emas. U faqat bog'lanish sonini kursatadi. Ximiyaviy bog'lanishda esa elektronlar elektrmanfiyrok element atomiga siljigan bo'ladi, natijada atomlar ma'lum zaryadga ega bo'ladi. quyidagi misollar valentlik bilan oksidlanish darajasi orasidagi farqni yakkol kursatadi. 1. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.25 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.25 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga