Oksidlarning olinishi va kimyoviy xossalari

Oksidlarning olinishi va kimyoviy xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
Oksidlarning olinishi va kimyoviy xossalari - rasmi

Material tavsifi

OKSIDLARNING OLINISHI VA KIMYOVIY XOSSALARI Darsning maqsadi: a) o'quvchilarga oksidlarning kimyoviy xossalari va olinishi haqida tushunchalar berish; b) kimyo fani haqidagi bilimlarini rivojlantirish, o'quvchilarni kimyoning hayotiy.jarayonlar bilan bog'liqligi asosida tarbiyalash; c) o'quvchilarning kimyoviy savodxonligini oshirish, o'zi egallagan kasb-hunar yo'nalishi bo'yicha kimyoviy bilimlarini boyitish. Mustaqil fikrlash va shu asosda ishlashga o'rgatish. Kimyogarlik kasbiga yo'naltirish, fanga nisbatan qiziqishlarini uyg'otish. Mavzuga oid tarqatilgan materiallarni o'quvchilar tomonidan yakka va guruhlarda o'zlashtirib olishlari hamda suhbat va munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o'zlashtirilganligini nazorat qilish va o'quvchilar bilimini baholash. Darsning usluli: Kimyoviy diktant, savol-javob, «Sehrli qopcha», «Topqirlar», «Klaster», «Qiziqarlimo'jizalar», «Sirli so'z», «Lotolar», «Aqliy hujum». Dars shakli: Suhbat-munozara, amaliy mashg'ulot, kichik guruh va jamoalarda ishlash. Darsning jihozi: Kimyoviy elementlar davriy sistemasi, «To'rtinchisi ortiqcha» savol kartochkalari, testlar, videoproektor , vatman qog'oz, rangli qog'oz, qaychi, yelim, bo'r, doska. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va chizmalar asosida ishlash. Nazorat: og'zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish,o'z-o'zini nazorat qilish. Baholash: rag'batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash. Asosiy adabiyotlar: 1. 7-sinf Kimyo darsligi. 2. F.G.Feldman., G.E. Rudzitis Umumiy kimyo asoslari. Qo'shimcha adabiyotlar: 1. V.M.Potapov., G.P.Xomchenko Ximiya. 2. G.P.Xomchenko., I.G.Xomchenko Kimvo. 3. Maktabda kimyo jurnali. Kutiladigan natija: a) o'qituvchi: mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishiga erishadi. O'quvchilar faolligini oshiradi. O'quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg'otadi. Bir mashg'ulot jarayonida barcha o'quvchilarni baholaydi. O'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishadi. Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo'lib ishlashni o'rganadi. Nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi; b) o'z-o'zini nazorat qilishni o'rganadi. Qisqa vaqt ichida ko'p ma'lumotga ega bo'ladi. Kelgusi rejalar: O'qituvchi: a) yangi pedagogik texnologiyalarni o'zlashtiradi va darsga tadbiq etadi, takomillashtiradi. O'z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog'laydi. Pedagogik mahoratni oshiradi. b) matn bilan mustaqil ishlashni o'rganadi. O'z fikrini ravon bayon ayta oladi. Shu mavzu asosida qo'shimcha materiallar topadi, ularni o'rganadi. Guruh fikri va o'z fikrini tahlil qilib, bir yochimga kelish malakasini hosil qiladi. I. Tashkiliy qism: a) salomlashish; b) o'quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish. Dars o'quvchilar tomonidan tayyorlab kelingan dunyo xabarlari bilan boshlanadi. O'qituvchi ularning fikrini qisqacha xulosalaydi. O'qituvchi bugungi kun mazmunini yoritib bera oladigan, o'zi tanlagan shiorga to'xtalib o'tadi. Shiorning mazmuni mavzu bilan bog'langan holda bo'lishi va o'qituvchi maqsadlarni ochib berishi lozim. I. «Topqirlar» usuli. O'qituvchi o'quvchilardan o'tilgan mavzu bo'yicha ma'lumotlar aytishni so'raydi. O'tilgan mavzu bo'yicha 10 ta atamali kimyoviy diktant olinadi. 1.Ц О 4.BaO 7.H 20 2.K20 5.MgO 8.CuO 10.SO2 3.Na20 б.СаО 9.N02 O'quvchilar partadoshlari bilan daftarlarini almashinib, kimyoviy diktantini tekshirib baholaydilar. Olingan natijaga qarab o'quvchilar guruhlarga bo'linadi va nomlanadi: «Zukkolar», «Bilimdonlar», ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.67 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.67 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga