Oksidlarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi

Oksidlarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi

O'quvchilarga / Kimyo
Oksidlarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi - rasmi

Material tavsifi

7-sinf Kimyo darsligi asosida 34-mavzu Oksidlarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi Reja: Oksidlarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi Oksidlarning toifalanishi Oksidlarning olinishi va xossalari Oksidlar deb biri kislorod bo'lgan, ikki elementdan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi. Oksidlarning umumiy formulasi: E2On (E - element, n - E elementning valentligi). Oksidlarda kislorod atomi o'zaro bog'lanmaydi, balki boshqa element atomlari bilan bog'langan holda bo'ladi. Nomlanishi. Doimiy valentlikka ega element, oksidining nomi «element nomi + oksid» shaklida yasaladi: magniy oksid, aluminiy oksid. Agar element o'zgaruvchan valentlikka ega bo'lib, bir necha xil oksidlar hosil qilsa, element nomidan so'ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko'rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo'yiladi hamda oksid so'zi yoziladi: CO2 - uglerod (IV)-oksid, CO- uglerod (II)-oksid, P2O5 - fosfor (V)-ok sid, P2O3 - fosfor (II)-oksid Element nomiga kislorod sonining yunoncha sonlarda ifodalanishini qo'shib ham oksidlarni nomlash mumkin: Fe2O3 qizil temirtosh minerali CO2 - uglerod dioksid, SO2 - oltingugurt dioksid, SO3 - oltingugurt trioksid, RuO4 - ruteniy tetraoksid. Oksidlarni nomlashda tabiatda uchrashi yoki turmushda qo'llanishi, tarixiy nomlaridan ham foydalaniladi: so'ndirilmagan ohak - CaO; H2O - suv; SiO2 - qum, kvars; MgO - magneziya; Fe2O3 - qizil temirtosh CaO MgO Oksidlar kimyoviy xossalariga ko'ra tuz hosil qiluvchi va tuz hosil qilmaydigan oksidlarga bo'linadi. Kimyoviy reaksiyalarda tuz hosil qiladigan oksidlar asosli (Na2O, CaO, FeO), kislotali (CO2, SO2, P2O5), amfoter (ZnO, Cr2O3, Al2O3) oksidlarga toifalanadi. Kremniy (IV)-oksid - SiO2. Kremniy (IV)-oksid ham tabiatda keng tarqalgan oksid bo'lib, asosan, qum shaklida uchraydi. Qum eng muhim qurilish materiallaridan hisoblanadi. Kremniy Kremniy bu oksidining kristall tuzilishi o'ziga xos bo'lgan turi kvars deb ata ladi. kvars Kalsiy oksid - CaO Bu oksid so'ndirilmagan ohak yoki mahalliy tilda ohak deb ataladi. Tabiatda keng tarqalgan ohaktosh kuydirib olinadi. Oltingugurt (VI)-oksid - SO3. Oltingugurtning bu oksidi sulfat angidrid deb ham ataladi. Oltingugurt U temir kolchedanini kuydirishda hosil bo'ladigan sulfit angidridni (oltingugurt (IV)-oksid - SO2) oksidlab olinadi. Asosan sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Sulfat kislota esa ko'plab boshqa moddalar, dorivor preparatlar olishda asosiy xomashyolardan hisoblanadi, individual tarzda avtomobillar akkumulator batareyalarida ishlatiladi. Sulfat kislota Azot (IV)-oksid - NO2. Bu oksid tabiatda uchramaydi. Asosan sintetik yo'l bilan olinadi va nitrat kislota ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Suyuq azot Azot ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.9 MB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.9 MB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga