Oksobirikmalar. aldegidlar. Olinishi va xossalari 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 24-mavzu Tarkibida karbonil guruh birikmalarni oksobirikmalar deyiladi. Oksobirikmalar sinfiga aldegid va ketonlar kiradi. Aldegidlar. Tarkibida aldegid guruh birikmalarni aldegidlar deyiladi. Ularning umumiy formulasi CnH2nO. Aldegidlarni nomlashda trivial nomenklatura keng qo'llaniladi. Bunda tegishli karbon kislota nomidagi ,,kislota'' so'zini ,,aldegid'' ga almashtirish kifoya. Nomenklaturasi. Sistematik nomenklaturaga ko'ra, tegishli alkanga al-suffiksi qo'shish bilan ko'rsatiladi. Masalan: propion aldegidni propanal, moy aldegidni butanal deb nomlanadi. 1.Birlamchi spirtlarni oksidlash Birlamchi spirtlar oksidlanganda aldegidlar hosil bo'ladi: Bu reaksiya uzluksiz ravishda davom etadi, chunki reaksiyada ajralib chiqqan mis metali havo kislorodi bilan qayta oksidlanib, metanolning yangi qismlarini oksidlayveradi. 2. Asetilenning gidratlanishi - Asetilen suv molekulasini biriktirib sirka aldegid hosil qiladi. (M.G. Kucherov reaksiyasi): Sirka aldegid 3. Birinchi uglerod atomida ikkita galogen atomlari tutgan alkanlarni gidrolizlab aldegidlar olinadi. Avval qisqa muddat mavjud bo'luvchi beqaror ikki atomli spirt hosil bo'ladi. Beqarorligi sababli, ushbu spirt suv va etanalga parchalanadi. Fizik xossalari. Aldegidlarning eng birinchi vakili-chumoli aldegid (formaldegid) oddiy sharoitda bo'g'uvchi o'tkir hidli gaz. Aldegidlarning quyi vakillari suyuq modda bo'lib, suvda va organik erituvchilarda oson eriydi. Yuqori vakillari qattiq moddalar hisoblanadi. Kimyoviy xossalari. Aldegidlar kimyoviy reaksiyalarga oson kirishadi. Aldegid uchun oksidlanish, qaytarilish va kondensatlanish reaksiyalari xosdir. Aldegidlarning qaytarilishi. Aldegidlar Ni katalizatori ishtirokida vodorodni biriktirib olishi mumkin. Bunda aldegidlardan tegishli birlamchi spirtlar hosil bo'ladi. Aldegidlarning oksidlanishi. Aldegidlar oson oksidlanadigan birikmalardir. Ular xatto havo kislorodi yoki kuchsiz oksidlovchilar, masalan, kumush oksidining ammiakli eritmasi va mis (II) gidroksid ta'sirida oson oksidlanadi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.58 MB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.58 MB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: pptx