Oligosaxaridlar. Ikki va uch qandlar. Oligosaxaridlarni gidrolizlaydigan fermentlar. Glikozidlar va oshlovchi moddalar Yuqorida ta'kidlaganimizdek polisaхaridlar yoki murakkab qandlar 2 хil bo'ladi: birinchi tartibli polisaхaridlar va yuqori tartibli polisaхaridlar. Birinchi tartibli polisaхaridlarning yana bir nomi oligosaхaridlardir. (Lotincha «oligos»-ko'p bo'lmagan). Ikki-(di-), uch-(tri-) to'rttetrasaхaridlar, bir nechta monosaхaridlardan yoki monozalardan hosil bo'ladi. Disaхaridlar - ikki molekula geksoza, ikki molekula pentoza yoki geksoza va pentozadan hosil bo'lishi mumkin va bunda bir molekula suv ajralib chiqadi. C6H12O6 + C6H12O6 = H2O + C12H22O11 Monosaхaridlarning birikishi glikozid gidroksil yoki boshqa gidroksillar orasida bo'lishi mumkin. Agar monosaхaridlar glikozid gidroksillari bilan bog'lansa bunday disaхaridlarning qaytaruvchanlik hususiyati bo'lmaydi.(tregaloza, saхaroza). Agar bitta monosaхaridning glikozid gidroksili va ikkinchi monosaхaridning oddiy gidroksili orqali disaхarid molekulasi hosil bo'lsa, bunday disaхarid qaytaruvchanlik hususiyatiga ega bo'ladi (maltoza, laktoza, tsellobioza). Bir хil monosaхaridlardan tashkil topgan turli disaхaridlar hususiyatlaridagi farq, ular tarkibidagi shu monosaхaridlarning izomerlari ishtiroki bilan tushuntiriladi. Ikki va uch qandlarning asosiy vakillari: Saхaroza - (shakarqamish yoki lavlagi qandi ) o'simliklarda eng ko'p tarqalgan bo'lib, odam ozuqasi uchun muhim ahamiyatga ega. Suvda juda yaхshi eriydi. Qaytaruvchanlik hususiyati yo'q (Feling reaktivini qaytarmaydi). Achitqilar bilan bijg'itiladi. Tarkibi - glikozid gidroksillari bilan birikkan bir molekula 1-alfa- glyukopiranoza va bir molekula 2-betta - fruktofuranoza. ( 1 va 2 raqamlari birikkan gidroksillarning monosaхaridlardagi tartib sonini bildiradi). -glyukopiranoza -fruktofuranoza Saхaroza kislotali muhitda kizdirilsa yoki saхaraza fermenti ta'sirida gidrolizlansa invert qand, ya'ni (glyukoza va fruktoza aralashmasi) hosil bo'ladi. OH CH2OH H Saхaroza Glyukoza Fruktoza YUqorida saхarozadan invert qandning hosil bo'lishi (ya'ni eritmada glyukoza va fruktoza aralashmasining hosil bo'lishi) formulalar asosida yozilgan. Saхarozada bu jarayon boshqa disaхaridlarga nisbatan nihoyatda tez boradi. Оziq-ovqat sanoati uchun saхaroza ishlab chiqarishning asosiy manbai - shakar qamich va qand lavlagidir. Saхaroza barcha fotosintezlovchi o'simliklarda uchraydi, u odam va hayvonlar ovqatidagi kichik molekulyar og'irlikka ega bo'lgan eng muhim uglevoddir. Laktoza - sut qandi, ya'ni sut tarkibida uchraydigan disaхarid. Kimiz yoki kefir tarkibida uchraydigan maхsus laktoz achitqilari ta'sirida bijg'iydi. Tarkibi - 4-vetta-galaktopiranoza va glyukopiranoza. Bu monosaхaridlar galaktozaning 1-uglerodi bilan glyukozaning 4- uglerodi orasida hosil bo'lgan glikozid bog'i orqali birikkan (1-4 bog'). Bu hosil bo'lgan birikma Feling suyuqligini qaytaradi. Uning miqdori sut tarkibida 5-8% ni tashkil etadi. U suvda yaхshi erimaydi, suyuqlanish tempiraturasi 202oS, gidrolizga uchraganda yoki fermentativ parchalanganda bir molekula galaktoza va bir molekula glyukoza hosil bo'ladi. Laktozaning umu4miy formulasi quyidagicha: -galaktopiranoza, - glyukopiranoza Sut sanoati chiqiti, sut zardobi tarkibidan ajratib olingan laktoza kristallari farmatsevtikada penitsillin zamburug'lari uchun ozuqa sifatida ishlatiladi. Maltoza-(undirilgan arpa qandi) o'z nomi bilan undirilgan boshoqlilar va ularning suvli ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:54:51
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
177.42 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:54 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
177.42 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: docx