Oltingugurt va uning birikmalari. Azot va uning birikmalari

Oltingugurt va uning birikmalari. Azot va uning birikmalari

O'quvchilarga / Kimyo
Oltingugurt va uning birikmalari. Azot va uning birikmalari - rasmi

Material tavsifi

Oltingugurt va uning birikmalari. Azot va uning birikmalari Oltingugurt (IV)-oksid rangsiz, o'ziga xos o'tkir hidli, zaharli. Havodan 2,27 marta og'ir. 1 hajm suvda 40 hajm eriydi, suvda eriganda suv bilan qisman birikib, sulfid kislota hosil qiladi. Oltingugurt va uning birikmalariga oidlar Kerakli asbob va reaktivlar: Magniy lentasi, rux donachasi, pirit, natriy sulfit, osh tuzi, sulfat kislota (kons. va 2 n), kaliy permanganat, kaliy dixromat, qo'rg'oshin (II) nitrat, yodli suv, bromli suv, Texno-kimyoviy tarozi toshlari bilan, halqali qisqichli shtativ, Kipp apparati, gorelka, chinni xolvoncha dastasi bilan, 100 ml li kolba, 250 ml sig'imli stakan, asbest to'r, filtr qog'oz, lakmus qog'oz, shisha tayoqcha. Sulfit kislota va uning tuzlari kuchli qaytaruvchilardir. Havo kislorodi bilan asta-sekin oksidlanadi. Sulfit kislota va uning angidridi organik buyoqlar bilan oson birikib, rangsiz birikmalar hosil qiladi. Shuning uchun narsalarni oqartirishda foydalaniladi. Kolbaga 2-3 qoshiqcha natriy sulfit soling. Tomizgich voronkaga konsentrlangan sulfat kislota qo'yib, kolbaga kislota tomizing. ajralib chiqayotgan gazni stakanga va 2 ta keng probirkaga yig'ib, ular to'lgandan so'ng stakanni shisha plastinka bilan probirkalarni probka bilan berkiting. So'ngra 50-100 ml suvni sulfit angidrid bilan to'yintiring. Buning uchun suvli kolbaga gaz chiqarish nayining uchini tushiring. Probirkaga kaliy permanganat eritmasi, ikkichisiga kaliy bixromat qo'ying. Ikkinchi probirkadagi eritmaga suyultirilgan sulfat kislotadan ozgina qo'shing. So'ngra ikkala probirkaga sulfit kislota eritmasidan qo'shing. Reaksiya tenglamalarini yozing. Probirkaga ozgina xlorid kislota eritmasidan soling va uni sulfit angidrid bilan to'yintiring. So'ngra eritmaga 1-2 bo'lak rux tashlang. Bir necha minutdan so'ng eritmaning bir qismini qo'yib olib, unga qo'rg'oshin (II)-nitrat eritmasidan qo'shing. Reaksiya tenglamasini yozing. Sulfit angidrid to'ldirilgan stakanga yonib turgan magniy lentasini qisqich bilan ushlab tushiring. Magniy yonishda davom etib, oq magniy oksid va oltingugurt hosil bo'ladi. Reaksiya tenglamasini yozing. Sulfit kislota yoki uning biror tuzi eritmasiga bariy xlorid eritmasidan qo'shing. Oq cho'kma hosil bo'ladi. Unga xlorid kislotaning suyultirilgan eritmasi qo'shilsa cho'kma eriydi va sulfit angidrid hosil bo'ladi. Reaksiya tenglamasini yozing. Bir probirkaga ozgina oltingugurt, boshqasiga ko'mir soling. Ikkala probirkaga konsentrlangan sulfat kislotadan ozgina solib, asta-sekin qizdiring. Reaksiya tenglamasini yozing. a) Probirkaga ozgina mis qirindisi solib, uning ustiga 2-3 ml konsentrlangan sulfat kislota qo'ying va biroz qizdiring. dan so'ng probirkadagi suyuqlikni to'king. Probirka tubida qolgan qoldiqqa 5-6 ml suv quyib chayqating. Reaksiya tenglamasini yozing. b) Ikki probirkaning biriga rux va biriga temir solib, suyultirilgan sulfat kislota qo'ying. Reaksiya tenglamalarini yozing. Azot va uning birikmalari Azotning atom massasi 14,0067 (z=7) ga teng. Uning 2 ta baqaror izotopi bor: 14N(99,635%), 15N(0,365%). Azotning radioaktiv sun'iy izotoplari xam olingan. Azot tabiatda erkin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.73 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.73 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga