Oltingugurtli xomashyolar Reja: 1. Oltingugurtli xomashyo turlari 2. Oltingugurt kolchedanlari 3. Rangli metallurgiya gazlari 4. Oltingugurt. Tabiiy sof oltingugurt 5. Aglomeratsiya, o'txona va yonilg'i gazlari 6. Konsentrlangan sulfit angidrid olish 7. Sulfatli xomashyolar 1. Oltingugurtli xomashyo turlari Sulfat kislota - kimyo sanoatining asosiy mahsulotlaridan biri hisoblanadi. U mineral o'g'itlar, turli xildagi mineral tuzlar va kislotalar, organik mahsulotlar, bo'yoqlar, portlovchi moddalar va boshqalar ishlab chiqarishda keng miqyosda ishlatiladi. Sulfat kislota ishlatilmaydigan yirik zamonaviy sanoat korxonalari mavjudligini tasavvur etish qiyindir. Sulfat kislotadan neftni qayta ishlash, metallurgiya, metallarni qayta ishlash, to'qimachilik, charm va boshqa sanoatlarda suvsizlantiruvchi va qurituvchi modda sifatida, neytrallash jarayonida, metallarni tozalashda va boshqa bir qancha maqsadlarda foydalaniladi. Sulfat kislota qadimdan ma'lum bo'lgan moddadir. Fors alximigi Abu Bakr Alrases asarlarida (940 yil) ham u haqida ma'lumotlar berilgan. Sulfat kislota dastlab temir kuporosini quruq haydash orqali olingan (shuning uchun sulfat kislotani uzoq vaqt kuporos moyi deb ham atab kelingan). Bu usul bilan 1526 yilda oz miqdordagi tutovchi sulfat kislota olingan. XV asrning ikkinchi yarmida ichki qismi suv bilan namlangan katta hajmdagi idishlarda oltingugurt va selitrani yondirish orqali meditsina maqsadlari uchun sulfat kislota olish yo'lga qo'yilgan edi. Birinchi sulfat kislota ishlab chiqarish zavodi 1740 yilda Angliyada qurilgan. Bunda oltingugurt va selitra aralashmasi metall idishlarda qizdirilgan, buning natijasida hosil bo'ladigan gazlar aralashmasi shisha jihozlarda suvga yuttirilgan. 1746 yilda bu maqsad uchun qo'rg'oshinli kamera ishlatilgan, shundan so'ng sulfat kislota ishlab chiqarishning ushbu usuli kamerali usul deb atala boshlangan. Boshlang'ich aralashmani yondirish natijasida hosil bo'ladigan sulfit angidrid va azot oksidlari kamera tubiga quyilgan suvda yutilishi natijasida sulfat kislota hosil qiladi. Kameradagi gaz qoldiqlari yo'qotilgandan so'ng unda navbatdagi aralashma yondiriladi va shu yo'l bilan kerakli konsentratsiyadagi kislota olinadi. Keyinchalik kamerada suv bug'i ishlatishni va jarayonni uzluksiz amalga oshirishni taklif etildi. XIX asr boshlarida oltingugurtni alohida pechlarda yondirish, azot oksidlarini esa selitrani sulfat kislota bilan parchalash orqali olish yo'lga qo'yildi. Sulfat kislota ishlab chiqarish usuli yildan-yilga takomillashib bordi, buning natijasida mahsulot tannarxi kamaytirildi, ayniqsa 1837 yildan boshlang'ich xomashyo sifatida oltingugurt o'rniga oltingugurt kolchedani ishlatila boshlandi. Qo'rg'oshinli kameralar o'rniga to'ldirgichli minoralarning ishlatilishi va azot oksidlari qo'llash orqali sulfat kislota ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish ishlab chiqarish samaradorligini bir necha marta oshirishni ta'minladi. Bu usul sulfat kislota ishlab chiqarishning minorali usuli deb ataldi. Sulfat kislot ishlab chiqarishning kontaktli usuli 1831 yilda P.Filips (Angliya) tomonidan sulfit angidridni to'g'ridan-to'g'ri kislorod bilan qizdirilgan platinali katalizatorlar ustidan o'tkazish orqali oksidlash usuli taklif etilgandan so'ng yo'lga qo'yila boshlandi. Keyinchalik sulfit angidridni sulfat angidridga oksidlash jarayonining ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
258.53 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
258.53 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: docx