Optik burilish dispersiyasi va aylanma dixroizm

Optik burilish dispersiyasi va aylanma dixroizm

O'quvchilarga / Kimyo
Optik burilish dispersiyasi va aylanma dixroizm - rasmi

Material tavsifi

Optik burilish dispersiyasi (OBD) va aylanma dixroizm (AD) Reja: Qutblangan yorug'lik bilan modda orasidagi ta'sirlar. Kotton effekti va uning amaliyotdagi ahamiyati Difraksiyali usullar. Rentgen-tuzilish analizi 1.Qutblangan yorug'lik bilan modda orasidagi ta'sirlar. Kotton effekti va uning amaliyotdagi ahamiyati Qutblangan nurlarning modda bilan ta'sirlanishini o'rganishda absorbtsion spektroskopiyaga nisbatan OBD va AD usullari muhim ma'lumotlar berishi bilan ajralib turadi. Bu usullar yordamida optik aktiv xromoforlarni to'lqin uzunligiga mos ravishda qutblangan nurlarni burish qobiliyati (OBD) va shunday nurlarni doira bo'yicha o'ngga yoki chapga turlicha yutilishi (AD) o'lchanadi. OBD va AD lar asosida bir xil fizikaviy qonunlar yotib faqatgina bu usullar bir xil hodisani ikki xil yo'l bilan o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, bular optik aktiv moddalarni qutb-langan nurlar bilan ta'sirlanishiga asoslangan bo'ladi. Bu usullarni ishlatish imkoniyatlarini bilish uchun ularning nazariy asoslarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Elektromagnit to'lqinlari tekislikda hamma yo'nalishda tebrangan holda tarqalishda malum sharoitlarda yo'nalishli to'lqinlarni hosil qilishi mumkin. Agar elektr maydon kuchlanganlik vektori bitta tekislikda tebranish hosil qilsa, yorug'lik nuri chiziqli qutblangan (yoki yassi qutblangan) bo'ladi. (18-rasm). Qutblangan nurni olish uchun yorug'likni Nikol prizmasidan o'tkaziladi. rasm. Yassi qutblangan to'lqin. Elektr maydon kuchlanganligining XZ tekislikda tebranish hosil qilishi Agar kuchlanganlik vektori to'lqin tarqalayotgan o'q bo'ylab aylansa, bunday holatda elliptik qutblangan yorug'lik nuri to'g'risida gan bo'lishi mumkin. Yorug'likning elliptikli qutblanganligining ayrim hodisasi sifatida nurning doiraviy qutblanishi hisoblanib, bunda vektorning uzunligi aylanishda o'zgarmaydi (19-rasm). rasm. Elliptik qutblangan nurlanishning hosil bo'lishi. (I-amplitudalari har xil; II-amplitudalari bir-xil). Qutblangan nur modda orqali o'tayotganda molekula atomlarining elektronlari bilan ta'sirlanadi, bu jarayon natijasida nurning tarqalish tezligi kamayadi va elektr maydon vektorlar amplitudasi pasayadi. Yorug'likning tarqalish tezligining kamayishi nurning sinishi bilan bog'liq bo'lib, sinish ko'rsatkichini n harfi bilan belgilanadi, elektr maydon amplitudasining kamayishi esa nurning yutilishi bilan bog'liq va uning yutilish molyar koeffitsiyenti bilan belgilanadi, n va qiymatlari to'lqin uzunligi ga bog'liq bo'lib, bu ko'rsatkichning o'zi molekulaning elektron va fazoviy tuzilishiga bog'liq hisoblanadi. Shunday qilib, agar yorug'lik nuri qutblangan bo'lsa juda ko'p moddalar bilan ta'sirlanganida faqat yorug'-likning sinishi va yutilishi ro'y beradi, ammo ayrim molekulalar yorug'lik bilan ta'sirlanganda tushayotgan yorug'likning qutblanish tekisligiga sezgirligi kuzatiladi. Bunday molekulalar yoki xromoforlarni optik faol molekulalar qatoriga kiritilib, ularning sinish ko'rsatkichi har xil, yani chapga (nL) yoki o'ngga (nR) sinishli ko'rsatkichlar bilan hamda yutilishning ularga mos keluvchi molyarli koeffitsiyenti L va R bilan ifodalanadi, yani bularda nurlar aylana bo'yicha chapga yoki o'ngga burilgan bo'ladi. Agar molekula asimmetrik xususiyatga, yani assimmetrik markazga ega bo'lsa, moddalar optik faol deb hisoblanadi. Masalan: Optik faol moddalar bilan qutblangan nurning ta'sirini ko'rib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71.88 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71.88 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga