Oqova suvni birlamchi va ikkilamchi qayta ishlash

Oqova suvni birlamchi va ikkilamchi qayta ishlash

O'quvchilarga / Kimyo
Oqova suvni birlamchi va ikkilamchi qayta ishlash - rasmi

Material tavsifi

Oqova suvni birlamchi va ikkilamchi qayta ishlash Reja: 1. Biologik tozalash qurilmasi. 2. Cho'kmani qayta ishlash. 3. Cho'kmani keyingi qayta ishlash. 4. Kolloidlarni fil'trlash va ajratish. 1. Biologik tozalash qurilmasi. Cho'kmani tozalashga qadar oqava suv bir hafta tindiriladi. Buning uchun bakteriyalarni yo'q qiluvchi xlor, ozon foydali ravishda qo'llab boriladi, lekin bu moddalar viruslarga ta'sir ko'rsatmaydi. Viruslar bakteriyalar yordamida yo'q qilinadi, so'ngra filtrlash va sterilizatsiyalash orqali suvdan ajratiladi. So'ngra oqava suv to'siqli fil'tr orqali dag'al qayta ishlanadi, ya'ni yirik zarralar ajratiladi, ular maydalanib, suspenziya ko'rinishida oqava suvni to'plamiga qaytariladi. Navbatdagi bosqichda oqava suv moddalarni ajratish uchun tankka yuboriladi, (tankda suv yuzasida qalqib yurgan yoki tubida cho'kkan moy va yog'lar ajratiladi), so'ng cho'kmani yig'ish ko'pikni ajratishga mos qurilma bilan ta'minlangan silindr tuzilishli birlamchi cho'ktirgichga kelib tushadi. Birlamchi cho'ktirish qurilmasida cho'kma avtoklavga qayta ishlash uchun beriladi. Biologik tozalashda filtr va aerotenkadan foydalaniladi. Bakterial tozalash fil'tr diametri 40 m ga teng, bosimni yo'qotish 250-300 mm. suv ustunini tashkil etadi. Sprinkler (bosim ostida suv purkaladi) birikmasi qo'llaniladi, bu birikma past qarshilikka va kirishdagi bosim o'zgarishga sezgir emas. Odatda bakterial fil'tr o'tirindi (suv oqizib kelgan) hisoblanadi-bu filtr uchun ko'p miqdorli filtrlanayotgan modda zarur, bir filtrni unumdorligi 80% ga teng. Ish unumdorligini oshirish uchun filtrlar to'plamidan yoki uyum retsirkulyatsiyadan foydalaniladi. 2. Cho'kmani qayta ishlash. Bakterial tozalash tanki to'g'riburchakli yoki silindr tuzilishga ega bo'ladi. Suv qatlami balandligi 3,5-7 m.ni tashkil etadi; havo ventilyator yordamida beriladi hamda diffuzor orqali taqsimlanadi yoki g'ovaksimon membrana orqali ham o'tkaziladi. Havo sarfi avtomatik ravishda potentsiometr yordamida aralashma miqdoriga bog'liq holda boshqariladi. Qayta ishlash vaqti odatda 1,5-3 soat. Qoldiq chukma teleskopik yoki avtomatik zatvor (mashinani qulflovchi mexanizm) orqali ajratiladi va birlamchi cho'ktirishga qaytariladi. Biologik tozalangan suvni daryoga tashlash mumkin. Agar suvni shahar xalq xo'jaligiga qaytarish lozim bo'lsa, u holda suvni aktivlangan ko'mir yordamida yoritiladi, so'ngra xlor, ozon, ultrabinafsha nur yoki kumush kolloidi yordamida sterillanadi. Cho'kmani hajmini kamaytirish uchun yuqori bosim ostida avtoklavda unga ishlov beriladi. Agar cho'kma kelgusida metan olish uchun qo'llanilsa, u holda unga avtoklavda ishlov berishda 40 dan 60 % gacha uchuvchan moddalar miqdori yo'qotiladi va uning hajmi 60 % ga kamayadi. Avtoklav unumdorligini oshirish uchun cho'kma aralashmasi va oqava suv bug' yoki qaynoq suv yordamida qizdiriladi (buning uchun fermentatsiya tezligi oshiriladi). Ba'zan avtoklav to'plami qo'llaniladi. Loyihalashda hisoblangan yetarli avtoklav hajmi 30 l odamga teng keladi. 1 mln. aholisi bor shahar uchun avtoklav hajmi 30 mln.l ga to'g'ri keladi. Cho'kmadan olingan metan cho'kmani qizdirish uchun zarur bo'lgan bug' ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Yirik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.75 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.75 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga