Oqsillar almashinuvi. Biosintez

Oqsillar almashinuvi. Biosintez

O'quvchilarga / Kimyo
Oqsillar almashinuvi. Biosintez - rasmi

Material tavsifi

oqsillar almashinuvi. Biosintez Reja Aminokislotalarning klassifikatsiyasi Dezaminlanish Aminoatsiladenilat kompleksi. Butun organizm, uning xar bir to'qima va organi, ayrim hujayra va hujayradan past darajada tuzilgan komponentlar hayoti uchun oqsillar almashinuvi xal qiluvchi ahamiyatga ega. hujayraning Bioorganik viy faolligi va unda kechadigan barcha metabolik reaksiyalar oqsillar almashinuvi bilan bog'liq. Bu jarayonlarda oqsillar yo substrat, yoki katalizator ferment shaklida ishtirok etadi. Bu ma'noda oqsillar almashinuvi, birinchi navbatda, organizm sturtura elementlari va biologik zarur komponentlarning o'zgarishi, ularning yangilanishi bilan bog'liq ehtiyojlarni koplashga qaratilgan. oqsillar almashinuvi organizmlarning turli sinflarida o'ziga xos yullar bilan kechsa xam, bu almashinuvda ishtirok etadigan oqsillarning struktura elementlari aminokislotalarning biosintezi uchun sarflanishi va boshqa metabolik o'zgarishlari muhim urin egallaydi. Avtograf organizm bo'lgan o'simliklarda barcha organik moddalar katorida aminokislotalar va oqsillar xam fotosintez jarayonida hosil bo'lgan uglevod birikmalari asosida anorganik azotning uzlashtirilishi yo'li bilan yangidan sintezlanadi. Aminokislotalar paydo bulgach, ularning hujayra ichidagi almashinuvi va oqsillar sintezidagi ishtiroki barcha organizmlar uchun deyarli bir xil umumiy yul va mexanizm bo'yicha utadi. hayvon va odamlar GYeTYeROTROF organizm bo'lganidan ular tanasining tuzilishi uchun zarur bo'lgan ximiyaviy birikmalarni o'zi sintezlay olmaydi, balki doimo ovqat bilan kiritib turilishini talab etadi. tashqaridan o'simlik va hayvon mahsulotlari shaklida kabul qilingan oqsil moddalar oshqozon-ichak yo'lida hazmlanib, uzining tarkibiy kismi bo'lgan aminokislotalargacha parchalanadi. hayvon organizmi oqsil moddalarga bo'lgan ehtiyojini kundalik ovqat bilan ta'minlab turadi. Tarkibida azot tutuvchi birdan bir ozika modda oqsillar bo'lganidan,tarkibida deyarli azot bo'lmagan uglevod yoki yoglar uni koplay olmaydi. Organizmning hayot faoliyati jarayonida oqsil moddalar doimo sarflanib, ular tarkibidagi azot tashqariga chikarilib turgach, ovqat bilan xam ma'lum miqdor oqsil kabul qilib turilishi zarur. oqsil modda tanada zaxira xolida saqlanib turmaganidan sog'lom organizmda uning kundalik kirimi chikimiga teng bo'lishi shart. Azot ozik moddalar ichida deyarli fakat oqsil tarkibida bo'lganidan va organizmdan tashqariga chikariladigan azot xam tananing oqsil moddalaridan kelib chikkanidan, mashxur nemis olimi Karl Foyt konsepsiyasi bo'yicha, oqsillar almashinuvining miqdoriy tomoni haqida kabul qilingan va chikarilgan azot miqdori, ya'ni azot balansiga kkarab xulosa kilinsa bo'ladi. Bunda oqsillar tarkibida azot o'rta hisobda 16 % ni tashkil kilganidan ozik modda va chiqindi mahsulotlardagi azot miqdori 6,25 (100:16==6.25) ga kupaytirilsa, kabul qilingan hamda parchalangan oqsil miqdori ma'lum bo'ladi. sog'lom organizmda kundalik ovqatdagi oqsil miqdori organizmda parchalangan oqsil miqdoriga teng, ya'ni organizm AZOT MUVOZANATIDA bo'ladi. Ammo kundalik ovqat bilan kabul kilinadigan oqsil organizm ehtiyojini tula koplamasa u oriklaydi, ya'ni o'z tanasidagi oqsillar parchalanishi hisobiga hayotiy ehtiyojini ta'minlab turadi. Demak, AZOT BALANSI MANFIY bo'ladi. Bunday hodisalar och kolganda, isitma bilan kechadigan kasalliklarda, ovqat yaxshi hazmlanmaganda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.53 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.53 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga