Mavzu: Oqsillarni ajratib olish usullari va biosintezi Mavzuning dolzarbligi Oqsillar hujayra tarkibidagi organik birikmalarning asosiy qismini va umuman quruq moddasining yarmidan ko'pini 50-80% ini tashkil etadi. Oqsillar hujayradagi boshqa molekulalardan o'zlarining yuqori molekulyar massaga ega bo'lishlari va tarkibida azot atomlari tutishi bilan farq qiladi. Oqsillarning tarkibi quyidagi: uglerod 50-54%, kislorod 21-23%, azot 15-17%, vodorod 6,5-7,3% va oltingugurt 0,5% ni tashkil qiladi. Oqsil molekulasiga 20 xil aminokislotalar kiradi. Hujayrada oqsillar hayot uchun zarur xilma-xil vazifalarni bajaradi. Oqsillar hujayraning barcha komponentlari tashkil qiladi. U hujayraning qurilish-struktura materialidir. Oqsillarning o'ziga xos xususiyatlaridan eng muhimi - ularning fermentativ funksiyasidir. Mavzuning maqsadi Oqsillarning biologik xossalari. Oqsillarda uglevod, vodorod, azot, kislorod, oltingugurt va fosfor borligi topildi. Golland ximigi va vrachi G. Ya. Mulder (1802-1880) oqsillarning tuzilishi to'g'risidagi birinchi nazariyani taklif etdi. Oqsillar element tarkibini tekshirishga asoslanib turib, Mulder bularning tarkibida bitta oltingugurt, yoxud fosfor, yo bo'lmasa shularning ikkalasi yordamida birgalikda birikkan bir necha C40H62N10O2 gruppalari (radikallar) bo'ladi, degan xulosaga keldi. U mana shu gruppani belgilash uchun protein degan terminni taklif etdi (yunoncha protein - birinchi degan so'zdan olingan), chunki bu modda organik olamda ma'lum bo'lgan jismlarning, shak-shubhasiz, eng muhimi va usiz, chamasi, sayyoramizda hayot bo'lishi mumkin emas deb hisoblanadi. Ana shunday gruppa bor, degan fikr tez orada rad etildi, proteinlar terminining ma'nosi esa o'zgarib qoldi va bu termin hozir oqsil terminining sinonimi tariqasida ishlatiladi. Oqsillar juda murakkab tuzilishlarni hosil qilib, tirik organizmlarning tiriklik xossalarini namoyon qilib turadi. Oqsillarning tarkibidagi organik birikmalarning asosiy qismini va umuman hujayra quruq moddasining yarmidan ko'pini 50-80% ni tashkil etadi. Oqsil nomi tuxum oqi atamasidan kelib chiqqan bo'lib, birinchi, eng muhim degan ma'noni anglanadigan protein nomi bilan ataladi. Molekulaning ikkinchi qismi barcha aminokislotalarga har xil bo'ladi va radikal deb ataladi. Tirik organizmlarni hosil qilib turgan aminokislotalar sehrli aminokislotalar degan nom olgan. Oqsillar tarkibida yuqori molekulyar azot tutuvchi biologik polimerlar bo'lib, ular asosan 20 xil aminokislotadan tashkil topgan. Ularning proteinlar de atalishi ham, bu guruhdagi moddalarning birinchi darajali biologik ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Oqsillarning monomerlari aminokislotalardir. Oddiy va murakkab oqsillar. Hozirgi vaqtda juda kam oqsillarning ximiyaviy tarkibi va strukturasi o'rganilgan. Shuning uchun ularning nomi ilpmiy asoslanmagan. Dastlabki tasodifiy belgilariga qarab, ko'pincha ular ajratib olingan manbaga qarab nomlangan. Masalan, avidin oqsili qushlarning lotincha nomi (avis)ni, sutdan ajratib olingan kazein oqsili lotincha caseus - pishloq degan ma'noni anglatadi. Shuningdek, ular eruvchanligi va boshqa xossalariga qarab ham nomlanadi. Oqsillar klassifikatsiyasi ham xuddi nomlanishi singari ilmiy asoslanmagan. Adatda, ular xossalari, tarkibi, biologik funksiyasi va boshqalar asosida klassifikatsiyalanadi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
776.3 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
776.3 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: ppt