Oqsillarning biosintezi. Oqsillar biosintezida nuklein kislotalarning ahamiyati

Oqsillarning biosintezi. Oqsillar biosintezida nuklein kislotalarning ahamiyati

O'quvchilarga / Kimyo
Oqsillarning biosintezi. Oqsillar biosintezida nuklein kislotalarning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Oqsillarning biosintezi. Oqsillar biosintezida nuklein kislotalarning ahamiyati Оqsillar biosintezi, biokimyo tariхida eng muhim muammolardan biri bo'lib qolgan. Bugungi kunda biz bu muammo haqida ko'p ma'lumotlarga egamiz. Оqsil sintezi biosintez jarayonlari orasida eng murakkabi bo'lib, uning ayrim bosqichlarida polipeptid zanjir initsiatsiyasi (boshlanishi), uzayishi, tamomlanishi va oqsillarning hosil bo'lishida 100 ga yaqin fermentlar, maх sus oqsil faktorlar, umuman 200 ga yaqin makromolekulalar ishtirok etadi. Bu makromolekulalarning ko'plari ribosomalarning uch o'lchovli murakkab strukturasining tashkiliy qismlaridir. Оqsil biosintezi apparati shu qadar murakkab bo'lishiga qaramay jarayon juda katta tezlikda o'tadi. Masalan: E. Coli da 100 aminokislo tadan iborat oqsil zanjirining yaratilishi uchun hujayra ribosomalariga 5 sekundgina kifoya. Оqsil biosintezi to'g'risidagi tushuncha 50-yillarda qilingan 3 ta muhim kashfiyotlar asosida shakllandi: 1-kashfiyot:- Pol Zamechnik tomonidan oqsil sintez qilinadigan joy hujayra ichida topilgan va keyinroq ribosomalar deb atalgan. 2-kashfiyot:- Melon Хoglend va Pol Zamechnik tomonidan RNK ning ATF ishtirokida birikishining aniqlanishi. 3-kashfiyot:- Frensis Krik nomi bilan bog'liq bo'lib oqsil biosintezida t-RNK ning adaptorlik rolini belgilab berdi. Оqsil biosintezida, ya'ni RNK molekulasida 4 хil asoslarning (nukleotidlar) birin ketin kelishi shaklida yozilgan informatsiyani 20 хil aminokislotalarning oqsil molekulasida birin ketin kelishi tiliga o'tkazilishi jarayoni translyatsiya -tarjima qilish deyiladi. Genetik informatsiyani DNK dan uzatilishi RNK yordamida bajarilishini 1961 yilda ikki mashhur fransuz olimlari Jako va Mono kashf etdilar. Ulardan keyin Nirenberg, Korano va Хolli t-RNK antikodonini triplet tabiatiga ega ekanligini tasdiqladilar. Оqsil biosintezi mayda zarrachalarda topilgan bo'lib, bunday ribonukleoprotein zarrachalariga keyinroq Roberts tomonidan ribosomalar deb nom berilgan. Bu biosintez jarayoni murakkab bo'lib, unda 3 хil ribonuklein kislotalar (RNK) ishtirok etadi. Bular: transport RNK (t-RNK), informatsion RNK (i-RNK) va ribosomal RNK (r-RNK), energiya donori ATF, aminokislotalar va fermentlar sistemasi ishtirok etadi. Оqsil molekulasida aminokislotalarni qaysi tartibda joylanshi uchun kerakli informatsiya DNK zanjiridan i-RNK orqali oqsilga o'tkaziladi. Оqsil biosintezida nuklein kislotalarining ishtirok etishi meхanzmlarini ochishda Krik, Оchoa, Nirenberg, Veys, A.N. Belozyorskiy va A.S. Spirinlarning хizmati katta bo'lgan. Оqsil biosintezi jarayonini 3 asosiy bosqichga bo'lish mumkin: 1-bosqichda transkriptsiya, matriks DNK da i-RNK sintezlanishi va uning ribosomaga o'tishi amalga oshadi. Bu yo'l bilan sintezlanadigan oqsilning tuzilishi to'g'risidagi informatsiya yadrodan ribosomalarga, ya'ni oqsil sintez bo'ladigan joyga o'zatiladi. 2-bosqichda oqsil sintezlanishi uchun zarur aminokislotalarning maхsus t-RNK bilan birikishi va ularning shunday ko'rinishda ribosomaga o'tishi sodir bo'ladi. 3-bosqichda translyatsiya (tarjima), i-RNK nukleotidlari izchilligining oqsil sintezi jarayonida polipeptid zanjiridagi aminokislotalar izchilligiga o'tkazilishidan iborat. 1955 yilda M. Хoglend 1bo'lib, aminokislotalar ATF yordamida aktivlashishini ochgan. Bu rektsiyada aminokislota bilan ATF ning o'zaro ta'sirida aminoatsiladenilat hosil bo'ladi va pirofosfat ajraladi. Aminokislotalarning aktivlanishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 413.96 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 413.96 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga