Oqsillarning fizik-kimyoviy xossalari Reja: Oqsillarning amfoterligi va buferlik xossalari. Oqsillarning eruvchanligi va unga ta'sir etuvchi omillar. Oqsillarning kolloid-osmotik xossalari. Denaturatsiya va unga olib keluvchi fizik-kimyoviy omillar. 1. Oqsillarning amfoterligi va buferlik xossalari. Oqsil molekulasida juda ko'p musbat va manfiy zaryadli guruhlar mavjud. Oqsillarning zaryadi polipeptid zanjiri oxirlaridagi erkin amino va karboqsil guruhlaridan tashqari peptid bog'i tashkil qilishda ishtirok yetmagan asos guruhlar, dikarbon kislotalarning karboqsil guruhlari va sulfgidril turkumlari hisobiga ham paydo bo'ladi. Ham manfiy, ham musbat zaryadli guruhlar mavjudligi tufayli oqsillar ham aminokislotalarga o'xshash amfoterlik xususiyatiga ega. Agar oqsilda kislotali aminokislotalarning miqdori ko'p bo'lsa, uning kislotalik xossalari va ishqoriy aminokislotalarning miqdori ko'p bo'lsa, asoslik xossalarini ko'proq namoyon qiladi. Suvli eritmada oqsillarning ishqor va kislota guruhlari orasida protonlarning ko'chishi tufayli tarkibida ko'p -NH3 (+) va COO(-) guruhlarini tutuvchi amfion (NH3)*R*(COO-)m hosil bo'ladi. Agar manfiy va musbat zaryadlarning soni baravar bo'lsa, oqsil molekulasining zaryadi amaliy jihatdan nolga teng bo'lib, elektr maydonida hech qayoqqa siljimaydi, ammo pH ishqoriy bo'lganda protein ortiqcha COO- guruhlarga ega bo'ladi va elektroforezda manfiy ion sifatida anodga qarab harakat qiladi: NH3+ NH2 R + NaOH- -- R + Na+ + H2O COO- COO- Aksincha, pH kislotali bo'lganda oqsil ortiqcha NH3+ guruhlarga ega bo'ladi va musbat ion sifatida katodga qarab harakat qiladi: NH3+ NH3+ R + H+ Cl- -- R + Cl- COO- COOH Oqsillarning musbat va manfiy zaryadlari yig'indisi nolga teng bo'lib, elektr maydonida na katod va na anod tomonga siljimaydigan pH kattaligi oqsillarning izoelektrik nuqtasi deb aytiladi. Turli oqsillarning izoelektrik nuqtasi pH ning har xil o'lchamiga to'g'ri keladi, chunki oqsil molekulalarida ishqor va kislota tabiatiga ega bo'lgan guruhlarning bir-biriga teng emas, pH ning turli kattaliklarida ularning dissotsiatsiya darajasi baravarlashib, molekula umuman elektroneytral holatga keladi. Ko'p oqsillarning izoelektrik nuqtasi 4-7 pH orasida, ya'ni ularda karboqsil guruhlarning dissotsialanish darajalari asos guruhlarining dissotsialanish darajalaridan bir oz ustun, lekin ba'zi asos oqsillar (protamin, sitoxrom c, ribonukleaza)ning izoelektrik nuqtasi pH=7 dan ortiq bo'ladi. Pepsin ham o'zining izoelektrik nuqtasi juda past pH=1 bo'lishi bilan boshqa oqsillardan farq qiladi. Kislotali oqsillarda pHi 7 bo'ladi. Sitoplazma oqsillarining o'rtacha izoelektrik nuqtasi 5,5 atrofida bo'ladi. O'z-o'zidan pH ning fiziologik qiymati (7,0-7,4) da hujayra oqsillari umumiy manfiy zaryadga ega bo'ladi. Bunda oqsillarning ortiqcha manfiy zaryadlari hujayra ichida anorganik kationlar bilan muvozanatlashadi. Oqsillarning eritmalardagi turg'unligini tushunish uchun izoelektrik nuqtani bilish katta ahamiyatga ega, chunki oqsillar izoelektrik nuqtada eng kam turg'un holatda bo'ladi. Bunda oqsillarning zaryadlanmagan qismlari bir-biriga yopishib cho'kmaga tushishi mumkin. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.94 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.94 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: doc