O'quvchilar bilmini tekshirishda reyting tizimi Reja: 1. O'quvchilar bilimini tekshirishda reyting tizimi: asosiy vazifalar, joriy etish tamoyillari, asosiy talablar. 2. O'quvchilar bahosini aniqlash tartibi. 3. Baholash tizimi. 4. Nazoratning uslub va shakllarini tanlash. O'rganiladigan asosiy tushunchalar: O'quvchilar bilimini tekshirishda reyting tizimi: asosiy vazifalar, joriy etish tamoyillari, asosiy talablar, o'quvchilar bahosini aniqlash tartibi, baholash tizimi, nazorat uslub va shakllarini tanlash. Hozirgi kunda mustaqil yurtimizda ilm-fan, texnika va sanoat jadal sur'atda rivojlanayotgan, ijtimoiy, ekologik holat keskinlashib borayotgan paytda o'rta maktablarda kimyo fanini o'quvchilarga chuqurroq, yangicha yondashib o'qitish bir tomondan zaruriyat bo'lsa, ikkinchi tomondan, zamon talabi hamdir. Shu munosabat bilan barcha o'quv predmetlari qatori kimyo ta'limi oldiga ham aniq vazifalar qo'yildi va uning ta'lim standarti ishlab chiqildi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining kimyo ta'lim standarti - kimyo o'quv predmetidan o'quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, o'quvchilar egallaydigan bilimi, hosil qiladigan amaliy ko'nikma va malakalarhajmini ko'rsatuvchi me'yor bo'lib, umumiy o'rta ta'lim maktablarida kimyo ta'limi negizini belgilovchi ko'rsatkichlar o'quvchilarning kimyo ta'limidan tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar majmuasidan iborat bo'lgan hujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi. So'ngi paytlarda olib borilayotgan kuzatishlardan shu narsa ko'rinayaptiki, maktab o'quv dasturlarini shunchaki o'zgartirib, ya'ni uni soddalashtirib yoki murakkablashtirib, shuningdek unga qandaydir yangi materiallarni kiritib yoki biror eski materiallarni chiqarib tashlab ko'zlagan maqsadga erishib bo'lmaydi. Har qanday yaratilgan zamonaviy dasturlar kimyo fanida va kimyoviy ishlab chiqarishda erishilgan hamma yutuqlarni aks ettira olmaydi. Demak shunday ekan, kimyodan o'quv dasturining asosiy vazifasi o'quvchilar ayni fanning zaruriy tushunchalari va qonunlari asosida kimyoviy jarayonlarni boshqarishni o'rganish, zamonaviy usullar bilan yangi-yangi moddalar olish va ulardan sanoat, qishloq xo'jaligida va kundalik turmushda foydalanishning umumiy yo'nalishlarini aniqlab olishdan iborat bo'lishi kerak. O'quvchilar kimyoning asosiy tushunchalarini va uni o'qitish jarayonida egallanadigan ko'nikmalarni puxta egallashlarini ta'minlash uchun har qanday o'quvchi dastlab o'zi ta'lim-tarbiya berayotgan o'quvchilar guruhida har bir shaxsning xislatlarini, kimyo fanini o'rganishga bo'lgan munosabatini aniqlab olmog'i lozim. Shundagina kimyo o'qitishni tabaqalashtirilgan holda tashkil etish va o'zlashtirishi qiyin bo'lgan o'quvchilarga tegishli yordam yo'li bilan ularga o'zlashtiruvchi o'quvchilar qatoriga qo'yish imkonini beradi. Kimyo darslarini tashkil etish va o'tkazishda har bir o'qituvchi kimyoning nazariy tushunchalari orasidagi mantiqiy bog'lanishlarni yaxshi aniqlab olmog'i, har bir darsning kimyodan ta'lim-tarbiya jarayonini atroflicha, maqsadga muvofiq tashkil etishdagi o'rni va uning maqsadini mukammal belgilab olmog'i lozim. Shundagina, kimyo fani dasturining darsdan-darsga, mavzudan-mavzuga o'tishi qay darajada bajarilib borilayotganligi haqida fikr yuritushumiz mumkin. O'quvchilarning bilim sifatini nazorat qiluvchi reyting tizimi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining № 203.13.05.1998 yilgi O'zbekiston Respublikasining umumiy o'rta ta'limni tashkil qilish to'g'risidagi qarori Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijrosi asosida kiritildi. Reyting ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.09 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.09 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: doc