O'quvchilarni ishlab chiqarish bilan tanishtirish va texnalogik tushunchalarni shakllantirish

O'quvchilarni ishlab chiqarish bilan tanishtirish va texnalogik tushunchalarni shakllantirish

O'quvchilarga / Kimyo
O'quvchilarni ishlab chiqarish bilan tanishtirish va texnalogik tushunchalarni shakllantirish - rasmi

Material tavsifi

O'quvchilarni ishlab ishlab chiqarish bilan tanishtirish va texnalogik tushunchalarni shakllantirish uslubiyoti Reja: 1. Kimyoviy ishlab chiqarishlarni umumiy ilmiy prinsiplari. 2. Ishlab chiqarish unumdorligini oshirishning texnalogik uslubiyoti. 3. Sulfat kislota ishlab chiqarishini tushuntirib berish. 4. Masalalarning tiplari, ularni yechishning usullarini o'rganish. Hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarishlarining umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'rganilishi lozim bo'lgan umumiy ilmiy prinsiplariga quyidagilar kiradi: a) reaksiyaga kirishuvchi moddalarning sirtini oshirish; b) issiqlik almashinish; v) qarshi oqim; g) reaksiyaga kirishuvchi moddalar tsirkulyatsiyasi; d) kimyoviy reaksiyaning tezligini va yo'nalishini ozgartirish (katalizator, optimal temperatura, bosim va kontsentratsiyadan foydalanish). Kimyoviy ishlab chiqarishning yuqorida aytib o'tilgan umumiy prinsiplari o'rta maktab kimyo kursida o'rganiladigan kimyoviy jarayonlarning qonuniyatiga asoslanadi. Shuning uchun o'quvchi ayrim kimyoviy ishlab chiqarishlarning ilmiy prinsiplari bilan ham va bularning asosida yotuvchi nazariyalar hamda kimyoviy qonuniyatlar bilan ham tanishtirishi lozim. Nozirgi zamon ishlab chiqarishlarida unumdorlikni maksimal darajada oshirish ishlab chiqarish sharoitida boradigan reaksiyalarni boshqarib turish bilan birga, ishlab chiqarishning ozini ratsional ravishda uyushtirishga ham bog'liqdir. Kimyoviy ishlab chiqarishlarni ratsional uyushtirish prinsiplariga quyidagilar kiradi: a) ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi va fazalarga bo'linishi; b) mexanizatsiyalash va avtomatlash; v) elektrdan foydalanish; g) ishlab chiqarishni kombinatsirlashtirish; d) mehnatni muhofaza qilish; e) ishchilarni mehnat unumdorligini oshirish usullari; j) atrof-muhitni muhofaza qilish. Maktab kimyo kursiga kiritilgan ishlab chiqarish materiali kimyo nazariy asoslarining normal ozlashtirilishi jarayoniga xalaqit bermasdan, aksincha, bunga yordam berishi lozim. Ishlab chiqarishning ilmiy prinsiplari bilan o'quvchilarni asta-sekin va ma'lum tartibda tanishtirish zarur. Kimyoviy ishlab chiqarishlar bilan o'quvchilarni tanishtirish, avvalo, shu ishlab chiqarishning kimyoviy mohiyatini ochishda yordam beradigan laboratoriya tajribalariga asoslanishi lozim. Kimyo darslarida texnologik jarayonlarning jadvallari va sxemalari, tipik asboblarning eng yaxshi modellari va butun ishlab chiqarishlarning qurilmalarini ko'rsatish, shuningdek o'rganilayotgan ishlab chiqarishlarni ko'rsatadigan diapozitivlar va kinofilmlarni ko'rsatish katta rol o'ynaydi. O'quvchilarning mustaqil bajaradigan laboratoriya ishlari va amaliy mashg'ulotlar, shuningdek masalalar yechish, ayniqsa eksperimental masalalar hamda ishlab chiqarish materialiga asoslangan masalalar yechish, ishlab chiqarish materialini tushuntirish va puxtalashga imkon beradi. Ishlab chiqarishlarni o'rganishda zavodlariga hamda ishlab chiqarish ko'rgazmaga muzeyga va boshqa joylarga ekskursiyaga ta'lim-tarbiya jihatidan katta ahamiyatga egadir. Maktabdagi butun o'quv-tarbiya ishida bo'lganidek, kimyoviy ishlab chiqarishlarni o'rganishda ham o'qituvchining o'rni g'oyat kattadir. O'qituvchi kimyoviy ishlab chiqarish texnologiyasini yetarli darajada to'liq va ravshan bilmasa, o'quvchilarga beriladigan politexnik tayyorgarlik, albatta, yuzaki bo'lib qoladi. Darsda ko'rsatiladigan jadvallar, sxemalar, modellar, diagrammalar taxt qilib qo'yilishi lozim. Kimyoviy ishlab chiqarishlarni muvaffaqiyatli o'rganish uchun birgina o'qituvchining tayyorlanishi kifoya qilmaydi, bunga o'quvchilar ham oldindan hozirlik ko'rishlari zarur. Jumladan, o'quvchilar biror moddaning ishlab chiqarishini o'rganishga kirishishdan avval, shu moddaning tarkibi, fizik va kimyoviy xossalari va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.48 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.48 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga