O'quvchilarni moddalar bilan tanishtirish va kimyoning asosiy qonuniyatlarini o'qitish

O'quvchilarni moddalar bilan tanishtirish va kimyoning asosiy qonuniyatlarini o'qitish

O'quvchilarga / Kimyo
O'quvchilarni moddalar bilan tanishtirish va kimyoning asosiy qonuniyatlarini o'qitish - rasmi

Material tavsifi

O'quvchilarni moddalar bilan tanishtirish va kimyoning asosiy qonuniyatlarini o'qitish uslubiyoti Reja: 1. O'rta maktab kimyo kursida o'rganiladigan moddalar. 2. Moddalar haqida bilimlarni izchillikda o'rganish. 3. Moddalar klassifikatsiyasi: moddalar, anorganik moddalar. 4. Kimyo kursining asosiy qonunlari: modda massasining qonunlari, tarkibning doimiylik qonuni, ekvevalentlar qonuni, D. I. Mendileevning davriy qonuni, Avagadro qonuni. 5. Valentlik, kimyoviy bog'lanish, tuzlar gidrolizi, elektrolitik disstsilanish, galogenlar mavzularini hqitish uslubiyoti. Moddalar va ularda ularda bo'ladigan ozgarishlar kimyoning asosidir. O'rta maktabda kimyo kursida quyidagi moddalar o'rganiladi: a) o'quvchilarga kimyoning nazariy asoslarini tushuntirish uchun xizmat qiladigan moddalar (masalan, kislorod, vodorod, galogenlar, ishqoriy va ishqoriy-yer metallar, uglerod va kremniy, azot va fosfor, metan, benzol va boshqalar); b) hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarish haqida tasavvur hosil qilish uchun imkon beradigan moddalar (masalan, xlorid, sulfat va nitrat kislotalar, ammiak, alyuminiy, temir, neft, sirka kislota va boshqalar); v) kimyo va kimyo sanoatining yutuqlarini birmuncha ravshan aks ettiradigan moddalar (masalan, sintetik kauchuk, anilin, plastmassalar, sun'iy tola, dori moddalar va boshqalar); g) tabiatda, sanoatda, qishloq xo'jaligida va turmushda juda muhim ahamiyatga ega moddalar (masalan, suv, kislotalar, ishqorlar, mineral o'g'itlar, oqsillar va boshqalar). O'rta maktab kimyo kursi dasturiga ko'ra moddalarning hammasi bir xilda chuqur o'rganilavermaydi. Masalan, kislorod, vodorod, suv, karbonat angidrid, xlor, xlorid kislota, oltingugurt, sulfat kislota, azot, ammiak, nitrat kislota, fosfor, metan, etilen, atsetilen, benzol, etil spirt, natriy va kaliy, alyuminiy, temir, va boshqalar ana shunday moddalar qatoriga kiradi. O'quvchilar bu moddalar haqida: a) ularning molekulalari tarkibi b) xossalari (fizik va kimyoviy xossalari); v) eng muhim birikmalari; g) tabiatda uchrashi; d) laboratoriya sharoitida va texnikada olinishi; ye) tabiatda va xo'jalik hayotidagi ahamiyatini bilishlari lozim. O'rganiladigan moddalar haqidagi bilimlar hajmini oldindan belgilab olish juda muhimdir, chunki faqat shunday qilinganidagina kimyo kursi oldiga qo'yilgan ta'lim-tarbiyaviy vazifalarning to'g'ri hal qilinishiga erishishi mumkin bo'ladi, shu bilan birga, bilimlarning hajmini oldindan belgilab olish davlat o'quv dasturi doirasidan chetga chiqadigan materiallar bilan o'quvchilarni ortiqcha band qilib qo'yishdek, maktabga zarar keltiradigan ahvolning oldini olish uchun ham juda muhimdir. Moddalar haqidagi bilimlarning sifati, ko'pincha shu moddalarning qanday izchillikda o'rganishiga bog'liq bo'ladi. Aksariyat, oddiy moddalar (elementlar), quyidagi izchillikda urganiladi: a) fizik va kimyoviy xossalari; b) tabiatda uchrashish; v) olinishi (laboratoriyada va sanoatda); g) ishlatilishi. O'quvchilar moddalarning quyidagi xossalariga e'tibor berishlari zarur: a) fizik xossalari-allotropik shakl o'zgarishlari, rangi, hidi, uchuvchanligi, mazasi, solishtirma og'irligi (yoki gazlarning zichligi); b) kimyoviy xossalari - barqarorligi, shu moddaning vodorod, kislorod, metallar, metallik va murakkab moddalar bilan ozaro ta'sirlashuvi. Moddalarning xossalari ularning tarkibi va tuzilishi bilan mahkam bog'liq holda o'rganiladi va o'quvchilarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.78 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.78 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga