O'quvchilarning sinfdan tashqari mashg'ulotlarini tashkil etishda kimyoviy kechalardan foydalanish

O'quvchilarning sinfdan tashqari mashg'ulotlarini tashkil etishda kimyoviy kechalardan foydalanish

O'quvchilarga / Kimyo
O'quvchilarning sinfdan tashqari mashg'ulotlarini tashkil etishda kimyoviy kechalardan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: O'quvchilarning sinfdan tashqari mashg'ulotlarini tashkil etishda kimyoviy kechalardan foydalanish MUNDARIJA KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida jamiyatimizning barcha sohalarida bo'lgani kabi ta'lim tizimida ham bir bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda faqat pedagogning mehnati va mahoratiga asoslanib tashkil etiladigan ta'limning yaxshi samara bermasligi hech kimga sir emas. Endi pedagogning asosiy vazifasi o'quvchilarga tayyor bilim berish emas,balki bilimlarni mustaqil egallashlariga ko'maklashishdan iborat. Buning uchun esa o'quvchilarning o'z qobiliyati va imkoniyatlarini to'la-to'kis namoyon etishlari va butun kuch g'ayratlarini bilim olishga sarflanishi uchun imkon beradigan darajada ia'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish zarur. An'anaviy tarzdagi o'qituvchining faolligi va barcha materialni tushuntirishga harakat qilishi bilan bog'liq bo'lgan darslarning o'rniga o'quvchinig faolligini oshirishga qaratilgan noan'anaviy dars va sinfdan tashqari mashg'ulotlarni tashkil etish hamda o'tkazish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Endilikda sinflardagi darslar bilan bir qatorda,o'quvchilarni zeriktirib qo'ymaydigan, fikrlashga yo'naltiradigan kimyoga oid har xil turdagi sinfdan tashqari mashg'ulotlardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mavzuning o'rganilganlik darajasi. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng ta'lim tizimida o'qitish ishlarini yaxshilash borasida ko'plab ishlar qilinmoqda. Bu ishlar kimyo fanini o'qitishda ham o'z samarasini bermoqda. Lekin olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining aksariyati umumiy o'rta ta'lim maktablarida kimyo darslarini takomillashtirishga bag'ishlangan.Kimyo o'qitishni sinfdan tashqari mashg'ulotlar asosida takomillashtirish masalalari yaxshi o'rganilmagan. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida sinfdan tashqari mashg'ulotlarni qo'llash orqali kimyo o'qitish samaradorligini oshirish. Tadqiqot ob'ekti. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida kimyo o'qitish jarayoni. Tadqiqot predmeti. O'quvchilarning sinfdan tashqari mashg'ulotlarda mustaqil bilim olish faoliyati. Tadqiqot farazlari. Dars jarayoni bilan bir qatorda, sinfdan tashqari mashg'ulotlar asosida o'quvchilarning kimyodan o'quv faoliatini tashkil etish va takomillashirish bo'yicha maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiriladigan tadbirlar ta'limning sifat va samaradorligini oshiradi. Tadqiqot vazifalari. -zamonaviy ta'lim tizimida sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'rnini ko'rsatib berish; - sinfdan tashqari mashg'ulotlar ichida kimyo kechalarining mohiyatini aniqlash; -maktab kimyo kursining ayrim mavzulari bo'yicha sinfdan tashqari mashg'ulotlar uchun kimyo kechalarining senariylarini ishlab chiqish; - kimyo kechalarining senariylarini ishlab chiqishda fanlararo bog'lanishga doir didaktik materiallar tayyorlash; Bitiruv malakaviy ish kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidav tashkil topgan. Bitiruv malakaviy ishni yozishda 40 ta ilmiy va uslubiy adabiyotlardan foydalanilgan. 1- BOB.Kimyodаn SINFDАN TАSHQАRI MАSHG'ULОTLАRNI TАSHKIL QILISHning nazariy asoslari 1.1.Sinfdаn tаshqаri mаshg'ulоtlаrni tаshkil qilishning umumiy mаsаlаlаri Kimyodаn sinfdаn tаshqаri ishlаr-bu dаrs jаdvаlidаn, оdаtdаgi dаrs mаshg'ulоtidаn tаshqаri o'tkаzilаdigаn o'quv-tаrbiyaviy tаdbirlаr sistеmаsidir. Sinfdаn tаshqаri mаshg'ulоtlаr o'zigа хоsdir. Sinfdаn tаshqаri mаshg'ulоtlаr o'zining mаqsаdi vа mаzmuni jihаtdаn hаm, shаkli vа mеtоdlаri jihаtidаn hаm sinf mаshg'ulоtlаridаn fаrq qilаdi. Sinfdаn tаshqаri mаshg'ulоtlаr, sinfdа o'tkаzilаdigаn mаshg'ulоtlаrning аksinchа, butunlаy iхtiyoriy аsоsdа tаshkil etilаdi. O'quvchilаr sinfdаn ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 150.37 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 150.37 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga