Oraliq birikmalar va kardan uzatmalar

Oraliq birikmalar va kardan uzatmalar

O'quvchilarga / Kimyo
Oraliq birikmalar va kardan uzatmalar - rasmi

Material tavsifi

Oraliq birikmalar va kardan uzatmalar Reja: Oraliq birikmalarning vazifasi va turlari Bikr, yarim bikr va elastik muftalar Kardan uzatmalarning vazifasi, turlari Bir xil va har xil burchak tezlikli kardan uzatmalari, ularning asosiy elementlari Kardanli uzatmaning vazifasi, turlari va ishlash uslubi. Avtomobilning yetaklovchi ko'priklari ramaga yoki kuzovga osmalarning elastik elementlari yordamida o'rnatiladi va harakatlanish chog'ida ko'priklar o'z holatini mahkamlangan joyga nisbatan o'zgartirib turadi. Bunday sharoitlarda uzatmalar qutisidan yetaklovchi ko'priklarga aylantiruvchi momentni uzatish uchun kardanli uzatmalar qo'llaniladi. Ulardan oldingi boshqariladigan va yetaklovchi bo'lgan g'ildiraklar yuritmalarida ham foydalaniladi. Yetaklovchi ko'prikka ulanadigan kardanli nzatma kardanli val, sharnirlar va oraliq tayanchdan iborat. Kardanli sharnirlar aylantiruvchi momentni o'qlari o'zgaruvchan burchak ostida kesishuvchi vallar orasida uzatilishini ta'minlaydi. Avtomobillar transmissiyasida burchak tezliklari bir xil va bir xil bo'lmagan bikr (qo'zg'almas qilib mahkamlangan) kardanli sharnirlar ishlatiladi. Burchak tezliklari bir xil bo'lmagan kardanli sharnir bikr elementlardan (rasm, a), ya'ni yetaklovchi (1) va yetaqlanuvchi (4) ayridan, turumlariga ninali podshipniklar (2) kiygazilgan krestovinadan (chorbarmoqdan) (2) tashkil topgan. Aylantiruvchi moment ayridan (1) ayriga (4) krestovina (2) orqali uzatiladi. Bunday konstruksiyada, yetaklovchi val ayrisi bir tekis aylanganda yetaqlanuvchi ayrining burchak tezligi har bir to'liq aylanishda ikki marta, ham ozayib, ham ko'payib, o'zgarib turadi. Shuning uchun bunday sharnir burchak tezliklari bir xil bo'lmagan sharnir deb ataladi. 18-rasm. Bikr (qo'zg'almas mahkamlangan) kardan sharnirlari. Kardanli uzatmalarda yetaqlanuvchi valning notekis aylanishini bartaraf etish uchun, odatda kardanli valning uchlarida joylashadigan burchak tezliklari bir xil bo'lmagan ikkita sharnir qo'llaniladi. Bunda birinchi yetaklovchi sharnirda hosil bo'lgan notekis aylanishlar ikkinchi sharnirdagi notekis aylanishlar bilan kompensatsiyalanadi va uzatmaning yetaqlanuvchi vali yetaklovchi valning burchak tezligi bilan bir tekis aylanadi. Bunday kardanli uzatma qo'sh uzatma deyiladi. Bitta bikr kardanli sharniri bo'lgan yakka uzatma deyarli ishlatilmaydi. O'ta og'ir yo'llardan ham yura oladigan avtomobillarning old tomondagi boshqariladigan va yetaklovchi g'ildiraklari yuritmalarida burchak tezliklari bir xil bo'lgan sharnirlarning ikki turi, ya'ni sharikli (zoldirli) va kulachokli (mushtchali) sharnirlar qo'llaniladi. Sharikli kardan sharniri (18-rasm, b) ikkita shakldor mushtchalardan (5) iborat bo'lib, ularning ovalsimon ariqchalariga yetaklovchi shariklar (7) joylashtiriladi. Ayrilarni (mushtchalarni) markazlash uchun, ularning ichki tores qismidagi sferik botiqliklardan foydalaniladi. Bu botiqliklarga markazlovchi sharik (6) o'rnatiladi. Aylantiruvchi momentni uzatishda yetaklovchi zoldirlar ayrilarning burchakli siljishlariga (harakatlanishiga) bog'liq bo'lmagan holda ularning ovalsimon ariqchalarida, o'qlar orasidagi burchakni teng ikkiga bo'luvchi tekislik bo'ylab joylashadi. Natijada ikkala ayri ham bir xil burchak tezligi bilan aylanadi. Burchak tezliklari bir xil bo'lgan mushtchali kardan sharniri Ural-375 avtomobilining oldingi g'ildiraklari yuritmasida ishlatiladi (57-rasm, d). Sharnir konstruksiyasi shlitsali uchi bilan sharnir ayrisiga (9) kirib turuvchi g'ildirakning tashqi yarim o'qini (8) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 309.76 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 309.76 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga