Organik birikmalar sinflanishi. Organik birikmalarga xos reaksiya turlari 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 4-mavzu Reja: 2 3 4 Uglevodorodlar 1 Ochiq zanjirli uglevodorodlar Ajralish reaksiyasi Yopiq zanjirli uglevodorodlar Organik birikmalar ularning tarkibiga ko'ra quyidagi sinflarga bo'linadilar: 1. Uglevodorodlar. Bular tarkibida faqat uglerod va vodorod atomlari bo'lgan birikmalardir. 3. Tarkibida uglerod va vodorod atomlaridan tashqari azot atomi ham bor bo'lgan birikmalarni azot saqlovchi organik birikmalar deyiladi. 2. Tarkibida uglerod va vodorod bilan bir qatorda kislorod atomi ham bor bo'lgan birikmalarni kislorod saqlovchi organik birikmalar deyiladi. To'yingan uglevodorodlarga alkanlar va sikloalkanlar kiradi. Uglevodorodlar uglerod atomlari orasida bog'lanishlarni turiga qarab to'yingan va to'yinmagan uglevodorodlarga bo'linadilar. To'yinmagan uglevodorodlarga alkenlar, alkadiyenlar, alkinlar va aromatik uglevodorodlar kiradi. Ochiq zanjirli uglevodorodlarga alkanlar, alkenlar, alkadiyenlar va alkinlar kiradi. Yopiq zanjirli uglevodorodlarga sikloalkanlar va aromatik uglevodorodlar kiradi. Tarkibida gidroqsil guruhi bor bo'lgan moddalarga spirtlar va fenollar kiradi. Agar gidroqsil guruh alkil radikallari bilan bog'lansa, spirtlar hosil bo'ladi. Tarkibida -NO2 guruh saqlagan birikmalarga nitrobirikmalar deyiladi. Ammiak molekulasidagi bitta yoki bir nechta vodorod atomlarini o'rnini alkil radikallari almashinishi natijasida hosil bo'lgan moddalarni aminlar deyiladi. Ammiak molekulasidagi bitta yoki bir nechta vodorod atomlarini o'rnini aromatik radikallarga almashinishi natijasida hosil bo'lgan moddalarni aromatik aminlar deyiladi. Organik birikmalar anorganik birikmalar kabi almashinish, birikish, ajralish reaksiyalariga kirishadi. 1) Organik molekula tarkibidagi atom(lar)ning, boshqa molekula tarkibidagi atomlar bilan almashinishi bilan boradigan reaksiyalarga almashinish reaksiyalari deyiladi. 2) Organik moddalarning boshqa molekula(lar) bilan birikishidan sodir bo'ladigan reaksiyalarga birikish reaksiyalari deyiladi. 3) Bitta organik birikmaning bir necha xil molekula hosil qilib parchalanishiga ajralish reaksiyasi deyiladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.14 MB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.14 MB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: pptx