Organik birikmalarda uglerod atomining gibridlanishi 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 17-mavzu Kimyoviy bog'lanishlarni hosil bo'lishida turli elektronlarning bulutlari (orbitallar) bir-biri bilan aralashib ketadi va shakli va energiyasi teng bo'lgan gibridlangan orbitallar hosil bo'ladi. Bu hodisani gibridlanish deb, yangi hosil bo'lgan orbitallarni - gibridlangan orbitallar deb ataladi. Gibridlanish haqidagi nazariyani 1931-yilda L.Poling taklif qildi. Organik birikmalarda uglerod atomi 3 xil sp3-, sp2- va sp- gibridlanish holatida bo'lishi mumkin. sp3- gibridlanish. Metan molekulasining hosil bo'lishida sp3-gibridlanish sodir bo'ladi. Bunda uglerod atomi «qozg'algan» holatga o'tadi. sp3- gibridlanish hamda to'rtta bir xil gibrid orbitallar hosil bo'ladi. Metan molekulasining hosil bo'lishida uglerod bitta s va uchta p- elektronlarining orbitalari gibridlanadi, Sp3 gibridlangan orbitallar fazoda bir-birlariga nisbatan 109° 28' ga teng bo'lgan burchak hosil qilib joylashadi va tetraedrik shaklli molekulalarni hosil qiladi. tetraedrik shaklli molekula Birikayotgan atomlarning markazlarini biriktiruvchi to'g'ri chiziq bo'ylab orbitallarning bir-birini qoplashi natijasida yuzaga keladigan bog'lanish σ (sigma) bog'lanish deyiladi. Uglerod atomining to'rtta gibrid sp3- orbitallari bilan to'rtta vodorod atomining s- orbitallari bir-birini qoplashi natijasida to'rtta bir xil bog'lanishli metan molekulasi hosil bo'ladi. sp2-gibridlanish. Etilen molekulasidagi uglerod atomining bitta s- va ikkita p-orbitallari gibridlanib, uchta tenglashgan gibridlangan orbitallar hosil qiladi. Bunday gibridlanish sp2 - gibridlanish deyiladi . Uglerod atomida bittadan porbitallar gibridlanmagan bo'lib, ular π-bog' hosil qilishda qatnashadi. sp-gibridlanish. Agar gibridlanish bitta s- va bitta p- orbitallar hisobiga sodir bo'lsa, bunday gibridlanish sp- gibridlanish deyiladi. Bunda hosil bo'lgan 2 ta gibrid orbital bir-biri bilan 180° burchak ostida joylashadi. Qolgan ikkita p - orbital π-bog' hosil qilishda ishtirok etadi. sp gibridlanishga asetilen molekulasining hosil bo'lishi misol bo'la oladi. asetilen molekulasining tuzilishi Uchbog' tutgan uglerod atomlari va ikkita qo'shbog' tutgan uglerod atomlari sp gibridlangan holatda bo'ladi. Uchbog' tutgan uglerod atomlari va ikkita qo'shbog' tutgan uglerod atomlari sp gibridlangan holatda bo'ladi. mavzu ORGANIK BIRIKMALARDA UGLEROD ATOMINING GIBRIDLANISHI Reja sp3 - gibridlanish haqida ma'lumot. Tridonal yoki sp2 - gibridlanish. Digonal yoki sp - gibridlanish. Yuqorida aytib o'tilganidek gibridlanish turli atom orbitallar bir - biri bilan qo'shilib ulardan oraliq yoki o'rtacha orbitallar yuzaga kelishidan vujudga keladi. Gibridlanish haqidagi tushunchani Poling tushuntirib berdi. Metan molekulasi tetraedrik tuzilishga ega bo'lib, burchak 1090,28' ga teng. Metan hosil bo'lishida uglerod bitta 2s, uchta 2p orbitali bilan qatnashgani uchun metan molekulasidagi uchta s-p bog' bitta s-s bog'dan farq qiladi. Metanning kimyoviy xossalarini hamda undagi bog'larning xarakteristikalarini o'rganish teskari natijalarga olib keldi. Bunga sabab undagi hamma bog'lar bir xil tabiatga ega ekanligidir. Molekulyar orbital metod C-H bog'larning bir xilligini va ular energiyasining barobar bo'lishini ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.31 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.31 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: pptx