Organik birikmalardagi bog'larning uzilish usullari Reja: Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to'rtlamchi uglerod atomlari Organik reaksiyalarning turlari Organik reaksiyalarning mexanizmiga yoki bog'larning uzilish turiga ko'ra sinflanishi Organik birikmalarning sinflanishi Organik birikmalardagi kovalentbog'lar ikki xil (gomolitik va geterolitik) usulda uzilishi mumkin. Qutblanmagan yoki kuchsiz qutblangan kovalent bog'lar (C-C, N-N, C-H) yuqori harorat, ultrabinafsha nur yoki radioaktiv nurlanish ta'sirida gomolitik (radikal) uziladi. Natijada bitta toq elektroni bor elektroneytral zarrachalar - erkin radikallar hosil bo'ladi: metil radikali vodorod atomi Erkin radikal va atomlar juda qisqa vaqt mavjud bo'la oladigan, beqaror, reaksiyaga kirishish qobiliyati juda kuchli oraliq zarrachalardir. Ular kimyoviy aylanishlar natijasida barqaror birikmalarga o'tadi: Kuchli qutblangan va oson qutblanadigan kovalent bog'lar geterolitik (ionli) uzilishga moyil. Bunday uzilish natijasida zaryadlangan zarrachalar -kation va anionlar hosil bo'ladi. Geterolitik uzilishda elektron jufti atomlarning biriga to'liq o'tadi. Elektron juftini qabul qilgan atom manfiy zaryadga ega bo'lib, anionga aylanadi. O'z elektronidan mahrum bo'lgan ikkinchi zarracha esa musbat zaryadlanib, kationga aylanadi: Kovalent bog'ning geterolitik uzilishidan ba'zan organik anionlar (karbanionlar) ham hosil bo'lishi mumkin: CH3 : Li : CH3 + Li+ metil-anion Karbkation va karbanionlar ham erkin radikallar singari beqaror bo'lib, ko'p reaksiyalarda reaksiyaga kirishish qobiliyati kuchli bo'lgan oraliq zarrachalar rolini o'ynaydi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to'rtlamchi uglerod atomlari Uglerod atomi o'zi bilan bevosita bog'langan boshqa uglerod atomlarining soniga qarab birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to'rtlamchi uglerod atomlariga bo'linadi. Agar C atomi bitta qo'shni C atomi bilan bog'langan bo'lsa birlamchi, ikkita C atomi bilan -ikkilamchi, uchta C atomi bilan -uchlamchi va to'rtta C atomi bilan bog'langan bo'lsa to'rtlamchi C atomi deb aytiladi. Xuddi shuningdek, vodorod atomlari ham (nechalamchi C atomi bilan bog'langanligiga qarab) birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi H atomlariga bo'linadi. Quyidagi birikmada birlamchi C atomlari C1, ikkilamchilari - C2, uchlamchilari - C3, to'rtlamchilari - C4, birlamchi H atomlari H1, ikkilamchilari - H2, uchlamchilari - H3 belgilari bilan tasvirlangan: Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi vodorod atomlari reaksiyaga kirishish qobiliyati jihatidan farq qiladi. Organik reaksiyalarning turlari Aksariyat organik reaksiyalar sekin boradi, ularda asosiy mahsulotning unumi unchalik yuqori emas (50-80%ni tashkil qiladi). Buning sababi - asosiy mahsulot hosil bo'lish jarayonida, asosiy reaksiya bilan bir vaqtda bir necha qo'shimcha reaksiyalar ham boradi. Shuning uchun ham, ko'pincha organik reaksiya kimyoviy tenglama ko'rinishida emas, balki uning sxemasi shaklida ifodalanadi. Sxemada reaksiyaga kirishgan dastlabki moddalar, reaksiyaning asosiy mahsuloti, shuningdek, reaksiya sharoiti ko'rsatiladi, tenglik belgisi () o'rnida, moddalarning aylanish yo'nalishini ko'rsatuvchi ko'rsatgich () ishlatiladi. Reaksiya tenglamasi ham qisqartirilgan holda yoziladi. Ko'rsatgich ustida reaksiyani o'tkazish sharoiti (katalizator, bosim, harorat, ba'zan reagentlar), ko'rsatgich ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
464.38 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
464.38 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: docx