Organik birikmalarning kislotali va asosiy xususiyatlar

Organik birikmalarning kislotali va asosiy xususiyatlar

O'quvchilarga / Kimyo
Organik birikmalarning kislotali va asosiy xususiyatlar - rasmi

Material tavsifi

Organik birikmalarning kislotali va asosli xususiyatlari Reja Louri-Brensted va Lyuis nazariyalari. Spirtlar, fenollar va karbon kislotalarining kislotali xususiyatlari. Aminobirikmalarning asosli xususiyatlari Anorganik kimyoda bo'lgani kabi organik ikmyoda ham kislotalar va asoslar tushunchalari mavjuddir. Organki moddalarning kislotali yoki asosli xossalari to'g'risida ikkita nazariya mavjud: Louri-Brensted nazariyasi; Lyuis nazariyasi. Louri-Brensted nazariyasi bo'yicha kislotalar deb proton beruvchi, asoslar deb esa - proton biriktirib oluvchi moddalarga aytiladi, ya'ni: . yoki bu yerda, +B-H - protonlangan (kislota) Louri-Brensted nazariyasi asosidagi bu tenglamalardan quyidagicha juda muhim xulosa kelib chiqadi: Kuchli kislotaga kuchsiz asos mos keladi va aksincha kuchsiz kislotaga kuchli asos mos keladi. Maslan, sirka va xlorsirka kislotalar solishtirilganda xlorsirka kislota sirka kislotaga nisbatan taxminan 100 barobar kuchli ekani aniqlanadi. Ularga mos keluvchi anionlarning asosli xususiyati solishtirilganda esa atsetat anioni xloratsetat anioniga nisbatan taxminan 100 barobar kuchli asosdir. Bunga sabab xlor atomining kuchli elektronoakseptorlik xossaga ega ekanidir. Lyuis nazariyasiga muvofiq kislotalar elektronga taxchil bo'lgan, asoslar elektronga boy bo'lgan, bo'linmagan elektron juftli, qo'sh bog'li va aromatik yadrosi bo'lgan moddalardir. Masalan, Lyuis kislotalari: H+, BF3, AlCl3, ZnCl2, FeCl3, +CR3 Lyuis asoslari: BF3, AlCl3, ZnCl2, FeCl3, AlBr3 kabi elektroneytral birikmalarning markaziy atomlari (B, Al, Zn, Fe) dagi elektronga taxchillik shundan iboratki, bu atomlar atrofidagi sakkizta barqaror (oktet) elektron qobiq o'rniga oltita (sekstet) elektron qobiq mavjuddir. Shuning uchun bu moddalar elektroneytral bo'lsa ham o'ziga yana ikkita elektron (asos) biriktirib olishga va elektronlarni sakkistaga yetkazishga harakat qiladi va shuning uchun ular kislotali xususiyat namoyon qiladi. Bu tuzlar Lyuis kislotalari deyiladi. Organik moddalarning kislotali yoki asosli xususiyatlari to'g'risida gap ketganda ularga Lyuis nazariyasi ko'proq mos tushadi va shuning uchun bu nazariyadan keng foydalaniladi. Kislotalilik yoki asoslilik tushunchalari nisbiy tushunchalardir. Moddaning kislotali xossasi asos ishtirokida, asosli xossasi esa - kislota ishtirokida namoyon bo'ladi. Masalan, gaz holdagi HSl kislota emas, lekin u asos ishtirokida (suv) kislotaga aylanadi. Demak, moddaning kislota yoki asos bo'lishi uni o'rab turuvchi moddalar xarakteriga bog'liqdir. Amfoter xossaga ega bo'lgan suv kuchli asoslarga nisbatan (masalan, ammiaka) kislotali, kuchli kislotalar (masalan, sulfat kislota) ga nisbatan asosli xossa namoyon qiladi: Umuman H-R ko'rinishidagi har qanday organik modda, shu jumladan, uglevodorodlar ham kislotali xossaga ega bo'lishi mumkin, bunda faqat protonni R-qoldiqqa nisbatan kuchliroq bog'lovchi asos bo'lsa bas. Suvga o'xshagan amfoter xossaga ega bo'lgan moddalar o'z protonini o'zi biriktirib oluvchi akseptoga ham ega: Bu jarayon avtoprotoliz deyiladi. Birikmaning kislotali yoki asosliligi erituvchining asosligiga (mos ravishda kislotaliligiga) bog'liqdir. Shuning uchun moddalarning tegishli konstantalari solishtirilganda hamma vaqt erituvchi ko'rsatiladi. Asosliligi katta bo'lgan erituvchida kuchli kislotalar ham, kuchsiz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 122.31 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 122.31 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga