Organik birikmalarning klassifikatsiyasi va nomenklaturasi Reja: 1. Oranik birikmalarni klassifikatsiyalash 2. Funksional guruhlar 3. Organik birikmalarni nomlash 4. Organik birikmalarni nomlash turlari Organik birikmalar uglerod skleti tuzilishi va funksional guruhlarga ko'ra klassifikatsiya qilinadi. Uglerod skleti tuzilishiga ko'ra organi kbirakmalar asiklik, karbosiklik (alisiklik, aromatik) va geterosiklik qatori birkmalarga bo'linadi. Asiklik qatori birikmalari - ochiq uglerod zanjiriga ega bo'ladi. Karbosiklik qatori birikmalari - yopiq uglerod zanjiriga ega bo'lib, alisiklik va aromatik birikmalarga bo'linadi. alisiklik birikmalarga aromatik birikmalardan tashqari barcha karbosiklik birikmalar ham kiradi. Aromatik birikmalar halqasi o'ziga xos siklik tutash elektron sistemasiga ega bo'ladi. Geterosiklik qator birikmalari- halqasida ugleroddan tashqari bir yoki bir necha geteroatom (azot, kislorod, oltingugurt va boshq.) tutadi. Organik birikmalar qatorini quyidagicha tasvirlash mumkin: 1. Organik birikmalarni klassifikatsiyalash Funksional guruh tushunchasini bilib olishimiz bizning organik kimyoni o'rganishimiz uchun kalit bo'ladi. Shuning uchun organik kimyoga kirayotgan har bir o'quvchi funksional guruhlar, ularning nomlarini va tuzilishini bilib olishi lozim bo'ladi. Bazi funksional guruh tutgan birikmalar sinfining o'z nomlari bor, masalan, gidroqsil guruhi tutgan birikmalar alkagollar (spirtlar), nomi bilan mashhur. Bizning vazifamiz bu funksional guruhning xususiyatlarini bilib olish hisoblanadi. 2. Funksional guruhlar Alkanlar molekulada hech qanday funksional guruh tutmaydigan organik molekulalarning oddiy sinfi hisoblanadi. Ular reaksiyaga kirishish faolligi juda past bo'lgan barqaror birikmalardir. Boshqa tomondan ularning nofaolligidan organik kimyoda foydalanish mumkin. Yani alkanlar organik inert birikmalar bo'lganligi uchun pentan va geksan kabi vakillari erituvchi sifatida hamda organik birikmalarni tozalashda ishlatiladi. Ammo alkanlar xalq xo'jaligida muhim ahamiyat kasb etadi, masalan metan, propan, butanlar xo'jalik yoqilg'isi sifatida ishlatiladi. Benzin alkanlar aralashmasidan iborat bo'lib, asosiy tarkibi izooktan hisoblanadi. Alkanlar - hech qanday funksional guruh tutmaydigan birikmalar Bu bog'lani turini (S=S) funksional guruh sifatida qarash mumkin. Ammo shuni unutmaslik kerakki, molekulada S=S bo'la turib kislorod yoki azot atomlari iborat boshqa funksional guruhlar molekulaga asosiy faollikni berishini ko'rishimiz mumkin. Tirik organizmlar tanasiga rang beradigan zarg'aldoq pigment β-kartonin quyidagi tuzilishga ega bo'lib, 11 ta S=S qo'shboq uning tuzilishidagi eng muhim tomoni hisoblanadi. β-Kartonin Alkenlar (olefinlar) tarkibida S=S qo'shbog' saqlaydi S=S qo'shbog'ga o'xshab S≡S uchbog' ham o'ziga xos kimyoviy xususiyatni beradi. Shuning uchun ham organik kimyoda S≡S uchbog'ni alohida funksional guruh sifatida qaraladi. S≡S uchbog' tutadigan organik birikmalar alkinlar deb atalib, ularning fazoviy holati to'g'ri chiziqli bo'ladi. Alkinlar alkenlarga o'xshab tabiatda ko'p uchramaydi, lekin 1980 yillarda topilgan alkinlar sinfining bir guruhi o'sma kasalliklariga qarshi agentlar sifatida ishlatilib kelinadi. Masalan kalixeamitsin shu guruh birikmalari qatoriga kiradi. Kalixeamitsin Alkinlar - S≡S uchbog' tutgan birikmalar Yuqorida etanol umuman spirtlar gidroqsil guruhining xossalari ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
696.37 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
696.37 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: pptx