9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 34-mavzu Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi Reja: A.M. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazari Kimyoviy tuzilish molekulalarda atomlarning birikish va o'zaro ta'sir etish tartibi ekanligiyasidagi asosiy qoidalar Izomeriya. Modda xossalarining molekulaning kimyoviy tuzilishiga bog'liqligi XIX asr boshlarida organik kimyo fani tirik organizmlardan olinadigan moddalar tarkibi, ularning xossalari va ulardan foydalanish yo'llarini o'rganar edi. Yangi-yangi tabiiy, sun'iy va sintetik organik moddalarning olinishi, sanoatning o'sishi va olingan moddalarning sanoatda foydalanish sohalarining kengayib borishi kimyogarlar oldiga ko'plab vazifalarni qo'ya boshladi. Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi nafaqat yuqoridagi kabi muammolarni hal etdi, balki organik kimyo fanining rivojlanishiga ham yo'l ochib berdi. 1858-1861-yillarda A.M. Butlerov Parij va Shpeyer (1861-y. 16-sentabr) shaharlarida kimyoviy tuzilish nazariyasi asoslari haqida ma'ruza qilgan. A.M. Butlerov Atom va molekulalar real mavjud. Atomlar molekulada tartibsiz holda emas, balki valentliklariga mos ravishda ma'lum izchillikda bir-biri bilan kimyoviy bog'lar orqali birikadi A.M. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasidagi asosiy qoidalarni to'liqroq ko'rib chiqamiz. Birinchi holat. A. Kekule birgina sirka kislotasining 20 ta formulasidan foydalangan. Ko'pchilik olimlar esa real atom va molekulalar mavjudligiga umuman ishonmaganlar. A.M. Butlerov moddaning kimyoviy tuzilishi tushunchasini kiritdi. U molekuladagi atomlar bog'lanishi ketma-ketligini (tartibini) kimyoviy tuzilish deb atadi. Organik birikmalarda ham uglerod to'rt valentli bo'lib, uglerod atomlari bir-biri bilan to'g'ri, tarmoqlangan, yopiq zanjir (halqa) hosil qilib birika oladi. A.M. Butlerov har qanday organik modda faqat bitta tuzilish formulasi bilan ifodalanuvchi aniq kimyoviy tuzilishga ega, deb qat'iy ta'kidladi. Organik birikmaning kimyoviy tuzilishini uning kimyoviy xossalari va hosil bo'lish reaksiyalarini o'rganish yo'li bilan aniqlash mumkin. Ikkinchi holat. Bir xil molekulyar massaga, sifat va miqdoriy tarkibga ega bo'lgan, lekin kimyoviy tuzilishi, fizik va kimyoviy xossalari turlicha bo'lgan moddalar izomerlar deb ataladi. A.M. Butlerov bu hodisani tushuntirib bera oldi. Uning ta'kidlashicha, izomerlar turlicha kimyoviy tuzilishga ega bo'lganliklari uchun ham turli xil xossalarga ega bo'ladi. Uchinchi holat. Xlorid kislotadan turli metallar vodorodni osonlik bilan siqib chiqaradi, suvdagi vodorod atomlarini esa faqat ishqoriy va ishqoriy-yer metallar siqib chiqara oladi. A.M. Butlerovning fikricha, molekula hosil bo'lishida atomlar bir-biri bilan kimyoviy moyillik hodisasi asosida o'zaro ta'sirlashadilar. Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi Reja: Organik moddalar izomeriyasi Organik birikmalardakimyoviy bog'lanishning elektron nazariyasi Atom orbitallarning gibridlanishi XIX asr o'rtalarida minglab yangi organik moddalar olindi va katta daliliy material to'plandi. Lekin dalil va ma'lumotlarni umumlashtiruvchi, kimyoviy o'zgarish va qonuniyatlarni asoslab beruvchi nazariyaning yo'qligi organik kimyoni yana-da rivojlanishiga to'sqinlik qildi. Dastlabki nazariya sifatida radikallar nazariyasi (Gey-Lyussak, Vyoler, Libix) vujudga keldi. Bu nazariyaga muvofiq noorganik moddalar atomlardan tuzilgani singari organik moddalar radikallar (bir yoki bir necha atomlardan ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.98 MB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.98 MB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: pptx