Organik kimyo - uglerod birikmalari kimyosidir

Organik kimyo - uglerod birikmalari kimyosidir

O'quvchilarga / Kimyo
Organik kimyo - uglerod birikmalari kimyosidir - rasmi

Material tavsifi

Organik kimyo uglerod birikmalari kimyosidir 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 33-mavzu Reja: Organik kimyo Uglerod birikmalari Dastlab organik moddalar Qadim davrlardanoq insonlar o'z ehtiyojlari uchun nafaqat mineral, balki o'simlik va hayvonlardan olinadigan moddalardan ham foydalanib kelishgan. Shuningdek, ayrim o'simliklardan xushbo'y hidli moddalarni, uzum vinosining bijg'ishidan sirka hosil bo'lishini, o'simlik va hayvonlardan tabiiy bo'yoqlar olishni bilishgan. Anorganik moddalarni anorganik kimyo fani, organik moddalarni esa organik kimyo fani o'rganadi. Shved kimyogari Yens Yakobe Bersellius 1808-yilda tirik organizmlardan olinadigan moddalarni organik moddalar va bu moddalarni o'rganuvchi fanni organik kimyo deb atagan. Moddalar tarkibi, olinish manbasi va boshqa xossalariga qarab ikkita katta guruhga bo'linadi: Moddalar Anorganik moddalar Organik moddalar Insonga dastlab ma'lum bo'lgan organik moddalar: sirka, vino, shakar, efir moylari, bo'yoqlar. Organik birikmalar tarkibiga kiruvchi elementlar: uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor, oltingugurt sirka vino shakar efir moylari Hozirgi vaqtda organik kimyoni uglerod birikmalari kimyosi deb atash, organik moddalar deganda esa uglerodning boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalari tushunilmoqda. Uglerodning ba'zi birikmalari (oksidlari, karbonat kislota va uning tuzlari) tiliq noorganik moddalardir. Shuning uchun ular noorganik kimyo kursida ko'rib chiqiladi. Uglerodning anorganik moddalarga xos bo'lgan birikmalari: uglerod oksidlari - CO, CO2; karbonat kislota - H2CO3; karbonat kislota tuzlari - Na2CO3, K2CO3, CaCO3, MgCO3 va boshqalar. Organik moddalar noorganik moddalarga nisbatan beqarorroq, ular qizdirilganda oson o'zgaradi, ko'pchiligi yonuvchan. Ularning tarkibiga so'zsiz ravishda uglerod va vodorod atomlari kirganligi sababli, yonish jarayonida karbonat angidridi va suv hosil bo'ladi. Qishloq xo'jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish uchun ishlatiladigan kimyoviy vositalar, tibbiyot va xalq xo'jaligining barcha sohalarini organik moddalar va organik kimyosiz tasavvur qilish qiyin. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.39 MB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.39 MB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga