Organik kimyo fani va uning rivojlanish tarixi Reja: Organik kimyo fani va uni alohida fan sifatida ukitilish sabablari. O'zbekistonda organik kimyo fanining rivojlanishida o'zbek olimlarining roli. Respublikada kimyo sanoati va atrof muhitni muhofaza qilish muammolari. Organik moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi. Kimyoviy bog'lanish va kimyoviy reaksiyalar mexanizmi. Organik birikmalarda atomlarning o'zaro ta'siri va reaksiyaga kirishish qobiliyati. Organik moddalarni identifikatsiyalash va tuzilishini aniklashda zamonaviy spektrial usullardan foydalanish. Asosiy tushunchalar. Neft, tabiiy gaz, S.Yu.Yunusov, O.S.Sodiqov, X.U.Usmonov, kristallash, sublimatsiya. 1. Organik kimyo- uglerod birikmalari kimyosidir. Organik kimyo- uglevodorodlar va ularning hosilalari kimyosi deb ta'rif berish xam mumkin. Organik kimyo mustaqil fan sifatida X1X asr boshlarida ajralib chikdi. Bunga asosiy sabablar: 1.Uglerod birikmalari, yani organik birikmalar sonini kupligi (7 milliondan ortik) Vaxolanki, uglerod elementidan tashqari 107 element birikmalari 1 millionga yaqin. hozirda bir yilda 200 mingdan ortik yangi organik modda sintez kilinmokda. Organik birikmalarning ko'p bo'lishligiga sababni, uglerod atomi o'zaro bir-biri bilan birikib uzun zanjir hosil qilishi, izomeriya hodisasi, hamda tirik tabiat bilan bog'liqligi bilan tushuntiriladi. 2. Organik birikmalar katta amaliy ahamiyatga ega. Bu yerda organik birikmalar bo'lgan neft, tabiiy gaz, plastmassalar, polimer moddalar, tabiiy va sintetik tolalar, sintetik kauchuklar, tabobatda ishlatilinadigan tabiiy o'simlik moddalari, qishloq xo'jaligida ishlatiladigan zahar moddalar - pestitsidlarning asosiy kismi uglerod birikmalar egaligini aniq misollar va dalillar bilan isbotlab berish lozim. 3. Organik birikmalarning boshqa anorganik birikmalardan farqi. organik birikmalarning kupchiligi yonadi, ular elektr va issiqlikni yomon o'tkazadi, ular kovalent bog'lanishli birikmalar hisoblanadi, issiqlikga, temperaturaga nisbatan bekaror, uglerod birikmalarining eritmalari noelektrik hisoblanadi, ular orasidagi reaksiya sust va oxirigacha bormaydi, yani kupchiligida mahsulotlarning unumi 100 % bulmaydi. Reaksiya borishi uchun alohida sharoit yaratish talab etiladi. 2. hozirgi kunda organik kimyoning yangi zamonaviy sohalari - tabiiy fiziologik faol moddalar kimyosi, biorganik kimyo, polimer kimyosi, peptid va oqsillar kimyosi jadal rivojlanib bormokda. Organik kimyoni va uning yangi sohalarini rivojlanishida o'zbek olimlarining hissasi kattadir. Dunyoga mashxur akademiklar S.Yu.Yunusov, O.S.Sodiqovlarning tabiiy birikmalar kimyosi, akademik X.U.Usmonovning polimerlar kimyosi sohasidagi ulkan ilmiy - tadqiqot ishlari ustida tuxtalib utish lozim. o'simlik moddalari kimyosi, jumladan alkaloidlar kimyosi bo'yicha S.Yu.Yunusov yaratgan maktabning butun dunyo tan olgan. Buning isboti sifatida, dunyoda topilgan alkaloidlarning xar uchtadan biri S.Yu.Yunusov va uning shogirdlari tomonidan topilganligini aytish mumkin. Organik kimyoning rivojlanishida professorlar A.R.Abdurasulova, A.Abdusamatov, S.R.Rashidova va xokazo xizmatlari katta. Respublikamiz ulkan uglevodorodlarning tabiiy manbalariga ega. Respublikamizda ulkan neftni qayta ishlaydigan zavod (Fargona va Oltiarik), hamda gazni qayta ishlaydigan (Sho'rtan va Muborak) zavodlari ishlab turibdi . Ulardan xilma-xil neft va gaz mahsulotlari ishlab chikarilmokda. Chirchik, Fargona va ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:58:48
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.52 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:58 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.52 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: doc